Eldor Aripov Berlin konferensiyasida Markaziy Osiyo va Yevropa hamkorligining istiqbollarini bayon etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov 25–26-noyabr kunlari «Beqaror dunyoda Yevropaning strategik avtonomiyasini taʼminlaş» mavzusidagi Berlin konferensiyasida iştirok etdi.
Chatham House Berlin konferensiyasi — 2014-yilda taşkil etilgan xalqaro muloqot platformasi. U Yevropa xavfsizligi, iqtisodiy rivojlaniş va özgarib borayotgan jahon tartibida Yevropaning örni bilan boğliq masalalarni muhokama qiliş uçun davlat idoralari, işbilarmon va ilmiy doiralar vakillarini birlaştiradi.
Qirollik xalqaro munosabatlar instituti (Chatham House) tomonidan taşkil etilgan tadbirda Yevropa, Osiyo va Şimoliy Amerikaning 20 dan ortiq mamlakatidan davlat idoralari, parlamentlar, diplomatik, işbilarmon va ilmiy doiralar vakillari qatnaşdi.
Yevropa xavfsizligi, iqtisodiy barqarorlik va xalqaro şeriklikni kengaytiriş masalalari diqqat markazida böldi.

E. Aripov «Anʼanaviy ittifoqçilar doirasidan taşqarida: kim Yevropaning yangi strategik şerigiga aylanadi?» mavzusidagi sessiyada nutq sözlab, Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga doir yondaşuvlarni bayon etdi.
SMTI direktori Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning oçiq va konstruktiv siyosati tufayli Markaziy Osiyoda işonç va yaxşi qöşniçilik muhiti mustahkamlanganini taʼkidladi. Mintaqaviy muloqotning faollaşuvi, savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayişi va qöşma infratuzilma loyihalarining amalga oşirilişi barqaror rivojlaniş hamda taşqi şeriklar bilan hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
U 2025-yil aprel oyida Samarqandda bölib ötgan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinçi sammitining ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratdi. Uning sözlariga köra, munosabatlarning strategik şeriklik darajasiga kötarilişi ikki mintaqa örtasidagi aloqalarda yangi bosqiçni boşlab berdi hamda uzoq muddatli, özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun asos yaratdi.
Şeriklikning istiqbolli yönalişlari haqida söz yuritar ekan, ekspert sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, jumladan, öta muhim mineral resurslar sohasida birgalikda qöşilgan qiymat zanjirlarini şakllantiriş, şuningdek, transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaşni alohida qayd etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş va mintaqa mahsulotlarining Yevropa bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişda Yevropa investitsiyalari va texnologiyalarining ahamiyati taʼkidlandi.
E. Aripov Yevropaning barqarorligi va farovonligi köp jihatdan uning şeriklari barqarorligiga tayanişini qayd etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun iqtisodiy mustaqillik va taşqi aloqalarni diversifikatsiya qiliş suveren taraqqiyotning asosini taşkil etadi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik modernizatsiya uçun muhim qöşimça manba sifatida qaraladi. Bunda uşbu hamkorlik mintaqa mamlakatlari bilan mustahkam yaxşi qöşniçilik aloqalariga ega bölgan anʼanaviy va tarixiy şeriklar bilan munosabatlarning örnini bosmaydi.
Şu munosabat bilan Yevropa Markaziy Osiyo uçun yangi investitsiyaviy, texnologik va tranzit imkoniyatlarini yaratiş orqali mintaqada barqaror va oldindan prognoz qiliş mumkin bölgan muhitni şakllantirişga, şu tariqa özining uzoq muddatli rivojlanişiga ham hissa qöşayotgani taʼkidlandi.
Sözining yakunida SMTI direktori Markaziy Osiyo va Yevropa örtasidagi şeriklikni yanada mustahkamlaş yuzasidan aniq takliflar işlab çiqiş uçun muntazam ekspertlar muloqotini olib boriş muhimligini taʼkidladi.
ÖzA