| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

Sirdaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Surxondaryo – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “COBALT” rusumli avtomashina DXX, IIB va bojxona xodimlari tomonidan “Sirdaryo” YPX maskanida to‘xtatildi.
Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 1997 yili tug‘ilgan fuqaroda 286gr. “gashish” moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 4-sektor hududida uchta MFYda qariyb to‘qqiz ming aholi istiqomat qiladi. Aholi muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida ishchi guruh tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sardoba tumani markazidan olis hududda joylashgan 4-sektor mahallalarida so‘nggi vaqtlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, “Bo‘ston” mahallasining oltita ko‘chasiga zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi. Uchta ko‘chaga asfalt yotqizildi.
Sektor rahbari Jo‘rabek G‘oyibov “Bo‘ston”, “Ravot”, “Zomin” mahalla ahli bilan bir necha bor uchrashib, aholi muammolarini o‘rgandi. Qabulda ko‘pchilikning ish, moddiy yordam, tibbiyot masalalarida qilgan murojaatlari uchrashuvning o‘zida ijobiy hal etildi.
Sh.SUYAROV, O‘zA
Muallif: shuhratsuyarov




