SI hayvonlar tilini tuşuna oladimi?
Sunʼiy intellekt yordamida olimlar quşlar, kitlar, delfinlar va boşqa jonivorlarning tovuşlarini tahlil qilib, ular örtasidagi muloqot qonuniyatlarini aniqlamoqda. Bu tadqiqotlar hayvonlar qanday aloqa qilişini tuşunişga yöl oçmoqda.
AQŞdagi “Earth Species Project” taşkiloti hayvonlar ovozini taniş va tasniflaşga möljallangan “NatureLM-audio” modelini işlab çiqdi. Avstraliyadagi qurbaqalar ovozlari yozuvlari asosida ötkazilgan sinovda model ularning tovuşlarini boşqa yozuvlardan 99 foiz aniqlikda ajratgan, ayrim turlarini esa 82 foiz aniqlikda tanib olgan.
“Google DeepMind” ham delfinlar ovozidagi takrorlanuvçi namuna va ketma-ketliklarni aniqlaş uçun “DolphinGemma” modelini yaratgan.
Kitlar muloqotini örganayotgan “Project CETI” xalqaro taşabbusi esa kaşalotlar çiqaradigan tovuşlar ketma-ketligini tahlil qilmoqda. 2024-yilda 8,7 mingdan ortiq tovuş birikmasi örganilib, ularda ritm, tezlik va tovuşlar joylaşuviga oid murakkab xususiyatlar borligi aniqlangan.
Bu kaşalotlar muloqoti ilgari öylanganidan ança murakkab ekanini körsatadi. Şunga qaramay, tovuşlarni aniqlaş ularning maʼnosini tuşuniş degani emas. Ekspertlar fikriça, olimlar bunday aloqalarni hayvonlarning xatti-harakatlari va muhit bilan boğliq holda örganişi, xulosalarni tajribalar orqali tekşirişi kerak.
Musulmon Ziyo, ÖzA