SI boylarni boyitmoqda: dunyo bo‘ylab millionerlar soni rekord darajaga chiqdi
“Capgemini” xalqaro konsalting firmasi hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt gullab-yashnashi va fond bozori o‘sishi tufayli 2025-yil taxminan 2 million yangi millioner paydo bo‘ldi.
Mablag‘i 1 million dollardan ortgan shaxslar soni 25,3 million nafar, jami global xususiy boylik qiymati 98,3 trillion dollarga yetdi. Bu texnologiya kompaniyalari tezkor o‘sishi, sarmoyadorlar SIga yuqori ishonch bildirishi bilan bog‘liq. Tahlilchilar ta’kidlashicha, “sun’iy intellekt eyforiyasi” global bozor kuchayishining yangi bosqichida asosiy omilga aylandi.
Asosiy o‘sish Qo‘shma Shtatlar va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida kuzatilmoqda. Ushbu mintaqalarda texnologiya va sanoat gullab-yashnashi aktiv kapitallashuvini oshirib, yangi boylik yaratilishini tezlashtirdi. Shu bilan birga ba’zi mintaqalar, jumladan Yaqin Sharqda tovar beqarorligi va geosiyosiy xavf tufayli tegishli miqdorda boylikka ega shaxslar soni kamaygan.
S.Rahimov, O‘zA