Şörlanişga moyil yerlarda suv tejovçi texnologiyalarni tadqiq qiliş
Muniraxon Abduraufovna BARNAYEVA doktornt, texnika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Buxoro davlat texnika universiteti Buxoro, Özbekiston
Annotatsiya
Maqolada şörlanişga moyil tuproqlarda qatlamli bosqiçli yumşatiş texnologiyasini qöllaş orqali suvni tejaş va paxtadan yuqori hosil oliş texnologiyasi yoritilgan. Özbekiston Respublikasida suğoriladigan yerlarning 50 foizdan ortiq qismi turli darajada şörlangan. Bunday yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş maqsadida, odatda, kuz-qiş davrida tuproqning faol qatlamida şör yuviş tadbirlari amalga oşiriladi. Mazkur tadbirlarni ötkaziş uçun örtaça 3–5 ming m³/ga miqdorida suğorişi suvi sarflanişi talab etiladi. Suv resurslari taqçilligi şaroitida bunday katta hajmdagi suv sarfi şörlangan yerlarni meliorativ jihatdan yaxşilaşning suv tejamkor usullarini izlaşni taqozo etadi. Şu nuqtai nazardan, tuproqda tuzlarning kapillyar kötarilişi va namlikning ortiqça buğlanişini çeklovçi şaroitlarni yaratiş muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda kapillyar nayçalarning tuproq yuzasiga yaqinlaşişini çeklaş orqali tuproqni qayta şörlanişining oldini oliş hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari ilgari surilgan.
Tayanç sözlar: şörlaniş, suv sarfi, namlik, tuproq, kapillyar, tuz, kultivatsiya, yumşatiş, ösimlik, suğoriş.