Özbekistonda DOST milliy brendi ostida avtomobillar işlab çiqariş boşlandi
Jizzax viloyatida DOST milliy brendi ostida avtomobillar işlab çiqarilişi boşlandi. Loyihani amalga oşirişning birinçi bosqiçida yengil tijorat transporti (LCV) işlab çiqariladi.
Istiqbolda milliy avtomobil brendini taşkil etiş dasturi özining muhandislik kompetensiyalarini rivojlantiriş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş va yengil avtomobil işlab çiqarişni nazarda tutadi.
DOST’ning birinçi mahsulot turkumi tijorat transportining bir neçta turlari bilan taqdim etiladi:
Bortli yuk avtomobillari hamda bir va ikki qatorli kabinali şassilar;
Yaxlit metall kuzovli furgonlar;
Avtobuslar.
Işlab çiqarişning alohida yönalişi DOST şassisi asosida ixtisoslaştirilgan transport vositalarini işlab çiqariş böladi. Buyurtmaçilarning ehtiyojidan kelib çiqib, tez tibbiy yordam avtomobillari, refrijeratorlar, köçma ustaxonalar, avtodökonlar, avtominoralar (avtogidrokötargiçlar), kran-manipulyatorlar, ijtimoiy taksilar, maktab avtobuslari, favqulodda vaziyatlar xizmatlari uçun ştab avtomobillari va evakuatorlar işlab çiqariş közda tutilgan.
Keng turdagi mahsulotlar turkumi iqtisodiyotning turli tarmoqlari, kiçik va örta biznes, kommunal korxonalar, ijtimoiy muassasalar va davlat xizmatlari uçun yeçimlarni taklif qiliş imkonini beradi.
Tijorat transporti işlab çiqarişni yölga qöyiş milliy brendni rivojlantirişning birinçi amaliy bosqiçi böladi. U bozor ehtiyojlarini örganiş, mahsulot turkumini şakllantiriş, işlab çiqariş va marketing yeçimlarini sinovdan ötkaziş va takomillaştiriş, şuningdek, loyihani yanada kengaytiriş uçun texnologik asos yaratiş imkonini beradi.
DOST birinçi milliy avtomobil brendi konsepsiyasining ustuvor yönalişlaridan biri özining muhandislik maktabi va mahalliy işlab çiqariş ekotizimini şakllantirişga qaratilgan. Loyiha doirasida mahalliy avtomobil butlovçi qismlari işlab çiqaruvçilari, yetkazib beruvçilar, pudrat, servis va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikni bosqiçma-bosqiç kengaytiriş közda tutilgan. Bu turdoş tarmoqlar, kiçik va örta tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va Özbekistonning sanoat salohiyatini mustahkamlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
DOST rivojlanişining navbatdagi strategik bosqiçi — özining yengil avtomobilini yaratiş. Tijorat transportini işlab çiqariş jarayonida töplangan tajribadan yangi modellarni işlab çiqiş, işlab çiqariş texnologiyalarini özlaştiriş va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirişda foydalaniş rejalaştirilgan.
Elektron poçta: info@dostauto.uz