Jizzaxda 8, 10, 12 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida shaxmatning standart yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Mamlakatimizning turli hududidan kelgan 400 nafardan ziyod shaxmatchi ishtirok etayotgan mazkur chempionatning to‘rtinchi tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, 8 yosh toifasida o‘g‘il bolalar orasida Fazliddin Farhodov, Jahongir Nasimov, Sarvar Aliyev va Abdulaziz Hasanov bir xil - to‘rt ochkodan jamg‘arib, kuchli to‘rtlikda bormoqda.

Ushbu yoshdagi qizlar orasida esa ana shunday natija Mohinur A’zamxo‘jayeva, Zarina Larina, Amina Doljenko va Ominabonu Zohirova tomonidan qayd etildi.
O‘n yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Nurmuhammad Ne’matillaxonov, Shohjahon Siddiqov, Asadbek Shavkatov, Zarina Ne’matjonova, Muslima Bahromova, Husnoraxon Husnitdinova, Mashrabxon Mo‘ynidov 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
12 yosh toifasida 4 ochkodan jamg‘argan Oriyat Obidjonov, Lazizbek Shavkatov, Islombek Husanov, Ibrohim Jumanazarov, Lazizabonu Komiljonova, Malika Norqulova hamda Sarvinoz Begmuratova musobaqa g‘olib va sovrindorlariga aylanish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.
Bugun, 30 yanvar kuni mamlakat chempionati doirasida 5-6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA