Şaxmat: Dunyoning eng kuçli 24 grossmeysteri örinlari bugun aniqlanadi
Bugun, 20-noyabr kuni Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasining hal qiluvçi öyinlari bölib ötadi.
Aynan bugun yangiça formatda dunyoning eng kuçli 24 nafar şaxmatçisi iştirokidagi musobaqada kimlar qaysi örinlarni egallaşi maʼlum böladi.
Ortda qolgan pley-off bosqiç öyinlaridan söng, keça niderlandiyalik Aniş Giri va Fransiya vakili Alireza Firuzja “Total Chess World Championship Tour 2026” çempionligi uçun ilk öyinda töqnaş keldi.
Qiziqarli keçgan uçraşuvda Aniş Giri Alireza Firuzja bilan bahsni 11:9 hisobida yakunladi. Bu, bugun Giriga çempionlikni naqd qiliş uçun durang natija ham yetarli ekanini anglatmoqda.

Keça hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Vayşali Rameşbabu bilan 23–24-örinlar uçun belgilangan musobaqaning dastlabki partiyasida 16:4 hisobida ğalabaga erişdi.

Şuningdek, hal qiluvçi final öyinlarida Maksim Vaşe-Lagrav (Fransiya) — Fabiano Karuana (AQŞ) 3–4-örinlar uçun, Hans Nimann (AQŞ) — Yan-Kşiştof Duda (Polşa) 5–6-örinlar uçun, Liyem Le (Vetnam) — Yan Nepomnyaşiy (Rossiya) 7–8-örinlar uçun, Arjun Erigaisi — Hayk Martirosyan 9–10-örinlar uçun, Jorden van Forest (Niderlandiya)—Riçard Rapport (Vengriya) 11–12-örinlar uçun, Levon Aronyan (AQŞ) — Uesli So (AQŞ) 13–14-örinlar uçun, Şahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon) — Vinsent Keymer (Germaniya) 15–16-örinlar uçun, Magnus Karlsen (Norvegiya) — Vladislav Artemev (Rossiya) 17–18-örinlar uçun, Bibisara Asaubayeva (Qozoğiston) — Endryu Hong (AQŞ) 19–20-örinlar uçun, Rameşbabu Praggnanandxa — Abhimanyu Mişra 21–22-örinlar uçun kuraş olib bordi.
T.Röziyev,
ÖzA