Özbekiston sporti: xalqaro musobaqalar va milliy çempionatlardagi natijalar
Mamlakatimiz va xorijda sportçilarimiz turli musobaqalarda iştirok etib, yurtimiz şarafini himoya qilmoqda. Ular orasida yoş isteʼdodlar ham, tajribali sportçilar ham bor.
Suziş. Toşkentdagi “Olimpiya şaharçasi” Suv sporti saroyida 11 va 13 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida Özbekiston kubogi musobaqasi davom etmoqda. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan 347 nafar sportçi, jumladan, 135 nafar qiz va 212 nafar öğil bola iştirok etmoqda. Dastlabki uç kunda 46 ta medallar jamlanmasi uçun bahslar ötkazildi. Musobaqa 21-noyabrga qadar davom etadi.
***
Sport gimnastikasi. Toşkent şahrida sport gimnastikasi böyiça xalqaro turnirning saralaş bosqiçi ikkinçi kuni yakunlandi. Köpkuraş dasturida 12 yoşlilar bahsida Çaros Kuçkarova, 14 yoşlilar örtasida Dilnura Mamarajabova bronza medaliga sazovor böldi. Jamoaviy bahslarda esa Özbekiston terma jamoasi ikkinçi örinni egalladi. Musobaqada Ozarbayjon jamoasi ğolib böldi.
***
Boks. Özbekiston boks terma jamoasi yetakçilaridan biri Hasanboy Dösmatov 4-dekabr kuni Istanbul şahrida ötkaziladigan IBA Prezident kubogi musobaqasida filippinlik Roderik Bautistaga qarşi ringga kötariladi.
***
Eşkak eşiş. Slalomda eşkak eşiş böyiça joriy mavsumning yakuniy musobaqalari ötkazilmoqda. Bellaşuvlarda Toşkent şahri, Namangan, Farğona, Andijon, Samarqand, Toşkent viloyati va boşqa hududlardan 186 nafardan ziyod sportçi iştirok etmoqda. Musobaqa yakunlari sportçilarning 2027-yilgi startlarda iştirok etişi uçun muhim ahamiyat kasb etadi. 20-noyabr kuni ekstremal slalom böyiça bahslar ötkaziladi.
***
Qiliçbozlik. Özbekistonning ösmirlar va qizlar terma jamoasi Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar sport öyinlarida iştirok etiş uçun Moskva şahriga jönab ketdi. Yoş sportçilar musobaqada şpaga, rapira va qiliç yönalişlarida mamlakatimiz şarafini himoya qiladi.
***
Para dzyudo. 20–21-noyabr kunlari Misrning Iskandariya şahrida para dzyudo böyiça IBSA Gran-pri musobaqasi bölib ötadi. Unda Özbekiston terma jamoasi 16 nafar sportçi bilan iştirok etadi. Hamyurtlarimiz erkaklar va ayollar örtasida J1 va J2 sport klasslaridagi vazn toifalarida medallar hamda xalqaro reyting oçkolari uçun kuraş olib boradi. Musobaqa 2028-yilgi Los-Anjeles Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan ham ahamiyatli.
***
Ot sporti. Qozoğistonning Ostona şahrida konkur böyiça FEI Jahon kubogi — Yevroosiyo ligasi finali doirasida tösiqlar balandligi 145 santimetr bölgan ikkinçi musobaqa ötkazildi. Unda Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Bekzod Qurbonov “Santos Hippica” laqabli otida ikkinçi örinni egalladi. Sportçimiz “Matts V.G.” laqabli otida ham iştirok etib, beşinçi natijani qayd etdi.
***
Yunon-rum kuraşi. Toşkentda 20 yoşgaça bölgan polvonlar örtasida Özbekiston çempionati boşlandi. Musobaqaning birinçi kunida 55 kilogramm vaznda Jamşid Turdaliyev, 63 kilogrammda Sardor Xolmurzayev, 72 kilogrammda Şahzod Qöçqorov, 82 kilogrammda Biloliddin Umbarov va 97 kilogramm vaznda Faxrikamol Komiljonov oltin medallarga sazovor böldi. Ular öz vazn toifalarida mamlakat çempioniga aylandi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA