Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etmoqda
— Xalqimiz azal-azaldan Navro‘z kunlarida, oilasida farzand tug‘ilganida tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yo‘l chetlariga yaxshi niyat bilan ko‘chat qadagan, gul-u rayhonlar ekkan.
Biz xalqimizga xos bunday ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelyapmiz, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan davrda 2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bog‘ va yashil jamoat parklari, 47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston bog‘lari” barpo etildi. Respublikaning tog‘, cho‘l va adirlarida 256 ming gektar o‘rmon tashkil qilindi.
Orolning qurigan tubida 2 million gektar maydonda yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlari yaratildi.
Shamol va qum-chang bo‘ronlari zararli ta’sirining oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbog‘” hosil qilindi.
O‘zA