Prezidentimiz Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga keldi
“Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi. Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishi chekka hududlarda yashayotgan millionlab yurtdoshlarimiz hayotini yaxshilashga, ularga munosib turmush tarzi yaratishga qaratilgan dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi. Manas qishlog‘i mamlakatimizda boshlangan “Obod qishloq” dasturini tatbiq etishda namuna sifatida tarixda qoldi.
O‘tgan asrning 60-yillarida viloyatning eng chekka hududida barpo etilgan Manas qishlog‘ida bugungi kunda 6,5 mingdan ziyod aholi yashaydi. Keyingi yillarda infratuzilma inshootlari, ko‘cha va yo‘llar, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi ta’minoti, madaniy-mashiy xizmat ko‘rsatish talabga javob bermasligi natijasida odamlar ancha qiynalayotgan edi.
Davlatimiz rahbari e’tibori bilan “Obod qishloq” dasturi asosida bu yerda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Dastur doirasida sizot suvlari sathi ko‘tarilishini bartarf etish uchun 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. Ikki qavatli 34 ta uyning tomi qayta yopildi. Uy-joylar atrofidagi rejasiz qurilishlar o‘rnida yangidan yordamchi binolar, tandirxonalar kurildi. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “Suvoqova” davlat unitar korxonasi jamoasi tomonidan 6,5 kilometrlik suv quvuri yotqizildi. Suv tarqatish inshootlari ta’mirdan chiqarildi. 2 umumta’lim maktabi ta’mirlanib, qayta jihozlandi. Ushbu maktablarda o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi barpo etilib, duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik dastgohlari bilan ta’minlandi. 17 bolalar maydonchasi, 2 mini futbol maydoni, 250 o‘rinli stadion barpo etildi.
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirish boshlangandan buyon qishloqda 200 dan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Jumladan, “Jizzaxpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 100 o‘rinli, “Zaminteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 20 o‘rinli tikuvchilik sexlari qurilib, qishloq xotin-qizlaridan 120 nafari ishga joylashtirildi.
30 issiqxona, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning mollarini boqish uchun 100 boshga mo‘ljallangan zamonaviy ferma qurildi. Shu yerda veterinariya punkti ishga tushirildi. Aholining kundalik ehtiyojini ta’minlash maqsadida zamonaviy ko‘rinishdagi 31 savdo do‘koni, novvoyxona, hammom barpo etildi. 500 o‘rinli “Manas” madaniyat saroyi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, madaniy-ma’rifiy maskanga aylantirildi. Qishloq vrachlik punkti qayta rekonstruksiya qilinib, uning o‘rnida 500 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika tashkil etildi.
Prezidentimiz mazkur poliklinikadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
–Joylarda zamonaviy tibbiyot muassalarini barpo etayotganimiz yaxshi albatta. Endigi talab ushbu muassasalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishdan iborat bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev qishloqda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tashabbusi bilan barpo etilgan novvoyxonani borib ko‘rdi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan novvoyxonada kuniga 30 turdagi 2 ming dona qolipli non tayyorlanadi. Mazkur novvoyxona Navro‘z bayrami arafasida manasliklarga tuhfa etildi.
Davlatimiz rahbari qishloqdagi “Aychurek” nomidagi 125 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo‘ldi. Janubiy Koreya standarti asosida tashkil etilgan va jihozlangan muassasada bolalarning ilg‘or xorijiy tajribalar asosida dastlabki bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.