O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi:

Amerika Qo‘shma Shtatlarining saylangan Prezidenti

Donald Jon Tramp

Janobi Oliylariga

Muhtaram Tramp Janobi Oliylari!

Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, o‘zimning qizg‘in tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQSHni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.

Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga ko‘rsatib kelayotgan doimiy ko‘magini alohida qadrlaymiz. 

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018 yil may oyida Oq uyda o‘tkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi.

Sizning shaxsiy e’tiboringiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, o‘zaro ishonch, hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi. 

Yuqori darajadagi vakillarimiz va qonun chiqaruvchilar o‘rtasidagi faol tashriflar almashuvlari natijasida hamkorligimiz sifat va mazmun jihatidan yuksak bosqichga ko‘tarildi.

Hurmatli Janobi Oliylari!

Biz bundan keyin ham Sizning boshchiligingizdagi AQSH Administratsiyasi bilan do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Shuningdek, “S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz.

Aminmanki, birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, ta’lim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qo‘shma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi.

Ishonchim komilki, kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi.

Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz.

Fursatdan foydalanib, Sizni ushbu tarixiy g‘alabangiz bilan yana bir bor chin qalbdan qutlab, mustahkam salomatlik, baxt-saodat, boshlanayotgan mas’uliyatli faoliyatingizda yangi omadlar, do‘st Amerika xalqiga esa tinchlik-totuvlik va bardavom taraqqiyot tilab qolaman. 

Samimiy ehtirom ila,

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi