Xalq ovozi qonun satrlarida: milliy parlament faoliyatidagi oçiqlik yangi bosqiçda
Qonun jamiyatning yozma kelişuvidir. U qançalik köp fuqaroning fikri, ehtiyoji va taşvişini özida aks ettirsa, şunçalik hayotiy va adolatli böladi, ijrosi ham şunçalik puxta taʼminlanadi. Şu maʼnoda parlament oçiqligi xalq ovozini qonun satrlariga yetkazadigan köprik vazifasini ötaydi.
Bugun fuqaro smartfoni orqali Qonunçilik palatasi majlisini jonli kuzatişi, qonun loyihasiga taklif yuborişi, deputatning yangi hujjat mazmunini sodda tilda tuşuntirgan suhbatini tinglaşi mumkin. Bir neça yil avval bunday manzarani tasavvur qiliş qiyin edi.
Bu özgarişlar öz-özidan yuz bergani yöq. Ularning zamirida davlat rahbarining siyosiy irodasi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan kafolatlar va milliy parlamentimizning “Oçiq parlament” tamoyiliga izçil intilişi yotadi.
Oçiqlik sari ilk qadamlar
Bu yöldagi muhim qadamlardan biri 2017-yilda qöyildi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 12-iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakat vakillari bilan videoselektor yiğilişi ötkazdi. Davlatimiz rahbari markaziy va hududiy telekanallar parlamentdagi partiya guruhlari işini, jumladan, qonun loyihalari muhokamasi, parlament nazorati tadbirlari va fraksiyalar örtasidagi bahs-munozaralarni “jonli” tarzda, kerak bölsa, töğridan-töğri xalqimizga yetkazişi lozimligini taʼkidladi. Uşbu uçraşuvni mamlakatimizda “Oçiq parlament” tamoyilini amaliyotga tatbiq etiş va uning institutsional asoslarini şakllantiriş yölidagi dastlabki qadamlardan biri sifatida baholaş mumkin.

Oradan ön töqqiz kun ötib, 31-iyulda quyi palataning qonun loyihalari muhokamasiga bağişlangan majlisi “Özbekiston” telekanalida ilk bor töğridan-töğri efirga uzatildi. Şu tariqa fuqarolar milliy parlamentdagi bahslarga bevosita guvoh böldi.
Keyingi qadam fuqaroga Oliy Majlisga bevosita murojaat qiliş imkonini berdi. 2018-yil aprelida “Mening fikrim” jamoaviy elektron murojaatlar portali işga tuşirildi, uning faoliyati tartibi Oliy Majlis palatalari Kengaşlarining qöşma qarori bilan belgilandi.
2023-yilda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya bu jarayonga mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. Milliy parlamentning örni sezilarli kuçaytirilib, Qonunçilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatniki 14 tadan 18 taga yetkazildi.
2024-yil 18-noyabrda yangi çaqiriq Qonunçilik palatasining birinçi majlisida Prezidentimiz deputatlarga “Siz joylardagi odamlarning vakili, xalqning ovozisizlar”, deya murojaat qildi. Davlatimiz rahbari fuqarolik jamiyati institutlari bilan muloqotni kuçaytiriş maqsadida Qonunçilik palatasining har bir qömitasi huzurida fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat jamoatçilik kengaşini tuzişni taklif etdi.
Şu majlisda fuqarolar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş uçun Jamoaviy taşabbuslar böyiça parlament komissiyasini taşkil etiş ğoyasi ham ilgari surildi. Bu takliflar fuqarolarning qonun ijodkorligidagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan.
Huquqiy kafolatlar
“Oçiq parlament” tamoyili uç ustunga tayanadi. Bular parlament haqidagi axborotning oçiqligi, qaror qabul qiliş jarayonining şaffofligi va fuqarolarning bu jarayondagi faol iştirokidir. Qonunçilik palatasi sönggi yillarda har uç yönalişda ham aniq qadamlar qöydi.
Avvalo, bu tamoyil qonun bilan kafolatlangan. “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 10-moddasiga köra, palata majlislari oçiq va oşkora ötkaziladi, ularga matbuot, televideniye, radio va boşqa ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilinişi mumkin. Qonunning 20-moddasiga muvofiq qömita majlislari ham oçiq ötkaziladi. Yopiq majlis ötkaziş töğrisidagi qaror faqat zarurat bölganda qabul qilinadi.
Jurnalistlar uçun ham aniq tartib yaratilgan. Qonunçilik palatasi Kengaşining 2021-yil 5-apreldagi 837-IV-son qarori bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini palata huzurida akkreditatsiya qiliş tartibi tasdiqlandi. Akkreditatsiyadan maqsad palatada ötkaziladigan tadbirlar haqidagi axborotning tezkor, oçiq, keng va xolis yoritilişini taşkil etişdir.
Parlament nazorati ham jamoatçilik köz öngida keçmoqda. “Hukumat soati” doirasida hukumat aʼzolari deputatlarning savollariga javob beradi, parlament sörovlari orqali dolzarb muammolar yuzasidan masʼullardan hisob söraladi. Konstitutsiyaning 118-moddasiga köra, Qonunçilik palatasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eşitib, uning natijalariga köra mazkur aʼzoning isteʼfosi töğrisida Prezidentga taklif kiritişga haqli.
Keça va bugun
Yaqin ötmiş bilan qiyoslaganda, milliy parlament oçiqligi sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgani körinadi. Buni parlament faoliyatining deyarli barça yönalişlarida kuzatiş mumkin.
Keça Qonunçilik palatasi majlislarini muntazam kuzatiş imkoniyati çeklangan edi. Prezidentning 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son farmonida 2021-yil 1-dekabrdan Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengaşlar majlislarini telekanallar hamda internet orqali töğridan-töğri efirga uzatiş belgilandi. Bugun yalpi majlislar Qonunçilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali jonli efirga uzatilmoqda va har bir fuqaro qonun loyihalari muhokamasini onlayn kuzatiş imkoniyatiga ega.
Keça fuqarolar taşabbusini elektron şaklda jamlab, parlamentga yetkazadigan mexanizm mavjud emas edi. Bugun “Mening fikrim” portalida kamida 10 ming ovoz töplagan jamoaviy murojaat Oliy Majlis palatalariga yuboriladi va 60 kun içida körib çiqiladi.
Avvalgi Konstitutsiyada fuqarolarning qonunçilik jarayoniga bevosita taklif kiritişi nazarda tutilmagan edi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 98-moddasi saylov huquqiga ega kamida 100 ming nafar fuqaroga Qonunçilik palatasiga qonunçilik taklifini kiritiş huquqini beradi. Şu tariqa fuqaro qonun ijodkorligining kuzatuvçisidan uning bevosita iştirokçisiga aylanmoqda.
Qonun loyihalarini muhokama qiliş uslubi ham özgarmoqda. Ilgari fuqaroning loyiha taqdiriga qöşgan hissasini aniq körsatib beriş qiyin edi, bugun bu taʼsir raqamlarda körinmoqda. Masalan, vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi 2025-yil 31-yanvardan 9-fevralgaça jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Aholidan 400 dan ortiq izoh, taklif va tavsiya kelib tuşdi, fuqarolar va deputatlar takliflari asosida konsepsiyaning 10 dan ortiq bandiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Özgariş texnik imkoniyatlar bilan birga parlament madaniyatida ham sezilmoqda. Oçiqlik deputat masʼuliyatini oşirmoqda, çunki uning har bir çiqişi va pozitsiyasi saylovçi nazarida. Oçiqlik endi alohida tadbirlar bilan çeklanmay, majlislar, qonun loyihalari muhokamasi va xalq bilan kundalik muloqotda namoyon bölmoqda.
Muloqotning yangi şakllari
Xalq bilan muloqot tili ham tubdan yangilandi. Ilgari parlament haqidagi axborot asosan rasmiy xabarlar şaklida berilgan bölsa, bugun Qonunçilik palatasi axborot maydonida faol iştirok etmoqda. Rasmiy veb-sayt bilan bir qatorda palataning YouTube, Telegram, X, Instagram va Facebook tarmoqlaridagi sahifalari muntazam yuritilmoqda, yangiliklar xalqqa sodda va tuşunarli tilda yetkazilmoqda.
Har bir platformaning öz vazifasi bor. Telegram kanali palata qarorlari va muhokamalar haqidagi xabarlarni tezkor yetkazib, fuqarolarni körib çiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyati bilan taniştirib bormoqda. Instagram sahifasida deputatlarning muhokamalar davomida qonun loyihalari yuzasidan bergan savollari va bildirgan munosabatlari yoritiladi. Boşqa tarmoqlardagi sahifalar turli yoşdagi va turli qiziqişdagi auditoriyani qamrab olişga xizmat qilmoqda.
Bu boradagi yangiliklardan biri Qonunçilik palatasining YouTube sahifasida yölga qöyilgan “Parlament FM” podkastidir. Unda deputatlar qonunçilik taşabbuslari va qabul qilinayotgan qonun loyihalarining mazmunini oddiy, ravon tilda tuşuntirib bermoqda. Erkin suhbat şaklidagi bu format fuqaroga loyiha nima uçun kerakligi, kimga va qanday taʼsir qilişini birinçi manbadan bilib oliş imkonini beradi.
Qömitalar va fraksiyalar faoliyati ham keng yoritilmoqda. Qonun loyihalari yalpi majlisdan oldin qömitalar va fraksiyalarda dastlabki muhokamadan ötadi, fraksiyalar öz pozitsiyalarini oçiq bildirmoqda. Masalan, 2025-yil 1-iyulda fermerlar javobgarligini kuçaytirişga oid loyiha muhokamasida ÖzLiDeP va “Milliy tiklaniş” uni yoqlagan bölsa, XDP va “Adolat” deputatlari keskin eʼtiroz bildirdi. Bunday bahslar siyosiy partiyalar fraksiyalari qonun loyihalari yuzasidan öz pozitsiyasiga ega ekanini va saylovçilari manfaatlarini himoya qilişga intilayotganini körsatadi.
Bugun qonun loyihalari yuzasidan bahslar yalpi majlislar zali bilan çeklanib qolmayapti. Siyosiy partiyalar va deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida fraksiya yiğilişlarida bildirilgan eʼtirozlar va munosabatlar ham muntazam eʼlon qilib borilmoqda. Natijada fuqarolar loyihalar atrofidagi muhokamalarni kuzatiş bilan birga özlari saylagan deputatlar xalq manfaatlarini parlament minbarida qay darajada himoya qilayotganini ham körib, baholay olmoqda.
Xalqaro mezonlar
Parlament oçiqligining xalqaro mezoni sifatida köpinça Parlament oçiqligi deklaratsiyasi tilga olinadi. U 2012-yil 15-sentabrda, Xalqaro demokratiya kunida Rimda bölib ötgan Jahon elektron parlament konferensiyasida taqdim etilgan. Hujjatni parlament faoliyatini monitoring qiluvçi taşkilotlar hamjamiyati işlab çiqqan, u 44 ta qoidadan iborat.
Deklaratsiya tört tamoyilga tayanadi. Ular oçiqlik madaniyatini şakllantiriş, parlament axborotining şaffofligini taʼminlaş, axborotdan foydalanişni osonlaştiriş va axborotni elektron şaklda yetkazişdir. Oçiqlik madaniyati parlament faoliyati haqidagi axborot jamiyat uçun oçiq bölişi va fuqarolar undan erkin foydalaniş huquqiga ega ekanini eʼtirof etişdan boşlanadi. Şaffoflik parlament vakolatlari, deputatlar faoliyati, majlislar kun tartibi, ovoz beriş natijalari va byudjet mablağlaridan foydalaniş töğrisidagi maʼlumotlarni jamoatçilikka muntazam yetkazib borişni talab qiladi.
Axborotdan foydalanişni osonlaştiriş uçun ommaviy axborot vositalari vakillariga zarur şaroit yaratiladi, majlislar jonli efirda namoyiş etiladi. Qabul qilinayotgan qaror va qonun loyihalari fuqarolarga sodda va tuşunarli tilda izohlanadi. Elektron aloqa tamoyili parlament maʼlumotlarini oçiq elektron formatlarda joylaştiriş, rasmiy veb-sayt va boşqa raqamli platformalardan foydalanişni qulaylaştiriş, fuqarolar bilan onlayn muloqot qiliş imkoniyatlarini yaratişni nazarda tutadi.
Deklaratsiyaning majlislarni real vaqtda uzatiş (30-qoida), parlament axborotini sodda tilda izohlaş (32-qoida) va qonun loyihalarini eʼlon qiliş (18-qoida) kabi talablari bugun milliy parlament amaliyotida öz aksini topmoqda.
2025-yil aprelida Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi ilk bor Markaziy Osiyoda, Toşkentda ötkazildi. Davlatimiz rahbari anjumanda sözlagan nutqida 140 ga yaqin davlatdan 2 mingdan ziyod iştirokçi qatnaşayotganini qayd etdi. Bunday nufuzli anjumanning Toşkentda ötkazilişi milliy parlamentimiz xalqaro maydonda ham oçiqlik va hamkorlik tamoyillariga tayanayotganini körsatadi.
Bosib ötilgan yöl oçiqlik milliy parlamentimizni xalqqa tobora yaqinlaştirayotganini körsatadi. Davlatimiz rahbari deputatlarga murojaat qilib taʼkidlaganidek, ular xalqning ovozidir. Bu ovoz qonun satrlariga töla yetib borişi uçun parlament eşiklari doimo oçiq, uning tili har bir fuqaroga tuşunarli bölişi kerak.
Oçiqlikning har bir yangi qadami fuqaroning parlamentga işonçini oşiradi. Qonunni tayyorlaşda iştirok etgan fuqaro uning ijrosiga ham masʼuliyat bilan yondaşadi.
Salimboy ĞAYRATOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi
Parlament tadqiqotlari instituti yetakçi ilmiy xodimi.
ÖzA