Kechagina qo‘shish va ayirishni barmoqlari yordamida o‘rganayotgan bolalar bugun bunday usullarni zamonaviy matematika orqali o‘rganishyapti. Ammo hamma bolalar uchun ham matematika qiziq yoki o‘zlashtirish oson fan emas.

Xo‘sh, bolalarda matematik iste’dod yoki qiziqishni qanday shakllantirish kerak?  Darsliklar yozishda nimalarga e’tibor berish zarur?  

Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan suhbat davomida shu kabi savollarga javob oldik.  

—Matematikaga kirib kelishingiz qanday bo‘lgan? Bolalikdagi orzumi yoki bu yillar va o‘rganishlar davomida shakllandimi?  

—Har bir inson yoshlikda nimagadir qiziqadi. Maktab paytlari quyi sinflarda ko‘proq aniq fanlarga, ayniqsa, matematikaga qiziqqanman. 7-8-sinflarda matematikadan tashqari fizika, ximiya, geometriya  fanlarini ham chuqur o‘rgandim. U davrda ham tuman, shahar, respublika fan olimpiadalari bo‘lar edi. 9-sinfda matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadaning tuman, shahar bosqichlarida g‘olib chiqib, Respublika bosqichida yuqori o‘rinni egalladim.    

O‘sha paytlarda Novosibirsk shahri markazida fizika-matematika bo‘yicha yozgi maktablar tashkil qilinardi. Olimpiada g‘oliblari ta’tilda bir oy Novosibirskka borib, o‘sha maktabda o‘qib kelardik. U yerda matematik olimlar bizga dars o‘tishardi. Matematika faqat hisob-kitob emas, balki bosh qotirib o‘ylaydigan, mantiqan fikrlaydigan, har bir narsani isboti bilan berishga asoslangan juda ham go‘zal fan ekaniga iqror bo‘lganman. 9-sinfni bitirgach, matematik bo‘laman degan qarorga kelganman. Maktabni bitirib, hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kirganman.  

— Agar maktab darsliklarini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘lsa, siz nimalarni qo‘shgan yoki umuman olib tashlagan bo‘lar edingiz?  

— Prezidentimizning tegishli qarori bilan institutimizda maktab darsliklari bilan shug‘ullanadigan maxsus laboratoriya tuzilgan. Maktab darsliklarini qanday yozish, tayyorlash bo‘yicha dasturlar bor. Biz ushbu dasturlarni ko‘rib, tegishli maslahatlarimizni berganmiz. Men mana bu misollarni olib tashlash kerak, mana bularni qo‘shish zarur, deb aytolmayman. Dasturlarga qat’iy rioya qilib, mutaxassislar hamkorlikda yozishsa, xatolar bo‘lmaydi.  

—Bolalarda matematik iste’dod yoki qiziqishni yillar davomida shakllantirsa bo‘ladimi yoki bu tug‘ma talantga bog‘liqmi?  

— Hamma ham matematik bo‘la olmaydi. Albatta, iste’dod bo‘lishi kerak. Lekin u iste’dodni bola o‘zi bilmasligi mumkin. Ustozlarning vazifasi bolalar orasidan iqtidorlilarni tanlab topish.  

Rahmatli ustozim akademik Toshmuhammad Sarimsoqov: “Olmaning oq  va semerenko turi bor. Oq olma juda tez pishadi, shirin bo‘ladi, sal o‘tib ketsa, paxtaga o‘xshab qoladi. Semerenkoning pishishi qiyin. Kuzda uni yeb bo‘lmaydi, bahorgacha turgandan keyin maza kiradi. Shunga o‘xshab bolalarning qobiliyati ham har xil bo‘ladi. Kimgadir matematika tez, kimgadir sekin singadi”, derdilar.  

Men bilan fan olimpiadalarida yurgan tengdoshlarimning birortasidan zo‘r matematik chiqmadi. Aksincha, maktabda o‘rtamiyona o‘qib, keyin institutlarda o‘qiganlardan zo‘r matematiklar chiqqan. Shu sababli, bolaning iqtidorini aniqlashda o‘qituvchining yondashuvi juda muhim.  

— Yosh olimlarning izlanishlari uchun institutda yaratilgan sharoitlarga ham to‘xtalib o‘tsangiz?  

—Yoshlarning fanga kirib kelishi uchun yaxshi sharoitlar yaratildi. Olimlarning maoshlari uch barobarga oshirildi. Matematika fanini rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimizning 2 ta qarori chiqdi. Ushbu qarorga asoslanib bizga talabalar shaharchasida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bino qurib berildi. Olimlarga bo‘layotgan bunday e’tiborni ko‘rayotgan yoshlarda ilm olishga qiziqish ancha oshdi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qnzJF65UdO0" title="Shavkat Ayupov: Matematika muammolarni yechishga qaratilgan fan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Hozir institutimizda yoshlar juda ko‘p. 52 ta tayanch doktorantlar bor. Xorijdan kelgan olimlar ham bizga havas bilan qarashyapti. Ular hamkorlikni taklif qilishyapti. Rossiya, Xitoy hatto avstraliyalik olimlar bilan  ham  yoshlarimiz hamkorlik qilyapti. Kuni kecha xitoyliklar tashabbusi bilan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida  institutimizda “Xitoy – Markaziy Osiyo” matematiklar forumini o‘tkazdik. O‘ndan ziyod akademik, professorlar kelib, tajriba almashib ketdi.  

Nigora Rahmonova,

Boymirza Xalilov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Ayupov: Matematika muammolarni yechishga qaratilgan fan (+video)