Shakarni har bir oila a’zosi deyarli har kuni iste’mol qiladi. Yoz oylarining boshlanishi bilan qo‘li shirin pazanda bekalar ishi qaynagandan qaynaydi.

Biroq shu kunlarda ayrim mahsulotlar narxi ko‘tarilganini kuzatyapmiz. Supermarket va bozorlarda shakar 14-15 ming so‘mdan sotilyapti. Narxdagi bu kabi o‘zgarishlarni har kim o‘zicha talqin qilib, fuqarolar bozorlarda turnaqator navbatlarda turib, shakarni g‘amlab olish payida bo‘layotganiga ham shohid bo‘lyapmiz.

Odamlarimizning sarosimaga tushib, keragidan ortiq mahsulotlarni sotib olishiga, aslida, hech qanday sabab yo‘q. Narxning oshishiga kelsak, bu soha mutaxassislarining tahlili, tannarxning oshishi va tashqi ta’sirlar kabi bir qator omillar sabab bo‘layotganini tushunib yetish qiyin emas.

Bugun mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan shakar mahsuloti va uning aholiga yetkazib berish imkoniyatlari haqida suhbat yuritishni maqsadga muvofiq bildik. Shu maqsadda biz Toshkent viloyatidagi "Angren shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishishga, korxona quvvati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ehtiyoj uchun yetarlilik darajasi bilan qiziqdik.

"Angren shakar" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh texnologi Bahrom QURBONOV bilan suhbatimiz shu xususda bo‘ldi.

– Keling, dastlab korxona faoliyati haqida to‘xtalib o‘tsam, – dedi B.Qurbonov. – 2014 yilda ishga tushirilgan "Angren shakar" MCHJning ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 1000 tonnani tashkil etadi. Hozirgi paytda korxonamiz sutkasiga 1200 tonna shakar ishlab chiqarmoqda. Tayyor mahsulotimiz 1100 tonnadir. Korxonada 650 nafar ishchi-xizmatchi to‘rt smenada mehnat qiladi. Bu yerda ikki toifadagi, ya’ni “Ekstra” va TS2 kategoriyalarda shakar ishlab chiqariladi.

[gallery-7427]

– Hammamizga ma’lum, shakarning narxi oshdi. Mahsulot narxining oshishi ishlab chiqarish bilan bog‘liqmi yoki boshqa sabablar bormi?

– Ha, shakarning narxi oshgan. Albatta, qanday omillar sabab bo‘lishi haqida biron narsa deya olmaymanu, lekin korxonada ishlab chiqarilgan shakar mahsuloti birja savdolariga qo‘yiladi. Korxonamiz tomonidan mahsulotga narx belgilanmaydi.

Korxona ehtiyojni qondirish uchun barcha imkoniyatdan foydalanib, quvvatdan ortiq ishlab chiqarishni tashkil etmoqda. Maqsadimiz aholini shakar mahsuloti bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlashdir. Buning uchun yetarli xomashyo va imkoniyatga egamiz. Shakar omborida tayyor mahsulot ham yetarli. Shu bilan birga, aholiga uzluksiz shakar mahsuloti yetkazib berilyapti.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, odamlarimiz sarosimaga tushishiga hech qanday sabab yo‘q. Chunki zavod to‘xtab qolgani yoki mahsulot yetkazishda uzilishlar bo‘lmayapti. Yuqorida ta’kidlaganimdek, har kuni 1100 tonna shakar aholiga yetkazib berilyapti. Masalan, korxonada yiliga 300 ming tonna shakar yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirgi paytda har oyda 30 ming tonnadan ziyod shakar yetkazib berilmoqda. Shuni ishonch bilan aytamanki, shakar ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda hech qanday muammolar bo‘lmaydi.

– Iste’molchilar “Angren shakar” va Xorazm shakar” MCHJlardagi ishlab chiqarilayotgan shakar mahsulotining bir-biridan farqi borligi, Xorazm shakaridan Angren shakari shirin ekanligi haqida gapirishadi. Bu haqda fikringiz qanday?

– Bu to‘g‘risida eshitganman. Aslida, bu fikr to‘g‘ri emas. Negaki, men avval “Xorazm shakar” korxonasida ham ko‘p yillar ishlaganman. "Angren shakar" MCHJ 2014 yil nemis texnologiyasi bo‘yicha ishga tushirilgan. Unda mahsulot olti kristalli sxema bo‘yicha ishlanadi. “Xorazm shakar” korxonasi 1998 yil faoliyat boshlagan. U uch mahsulotni ishlab chiqarish sxemasi bo‘yicha ishlaydi.

Texnologlar uchun shakar tarkibidagi saxaroza miqdorining sofligi birinchi o‘rinda turadi. Ya’ni, davlat standarti talabi bo‘yicha shakar mahsulotidagi saxarozaning miqdori 99,7 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Ayni damda korxonada chiqarilayotgan shakar mahsuloti tarkibidagi saxaroza miqdori 99,8 foizdan baland. Shirinlik masalasiga kelsak, bunday fikrlar hozir paydo bo‘lmagan. Bundan yuz yil oldin ham shunday qarashlar mavjud edi. Bu faqat Angren, Xorazm shakari haqida emas, balki dunyoda lavlagi yoki shakar qamishdan ishlab chiqarilgan shakar tarkibidagi shirinligi bo‘yicha aholi o‘rtasida bahslar davom etib keladi.

Aslida, shakar tarkibidagi saxarozaning sofligi muhim hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan shakar mahsuloti MDH standartlari bo‘yicha saxarozaning miqdori 99,7 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Korxonada bu talab bajarilyapti.

– Korxonaga xomashyo qayerdan olib kelinadi?

– Har ikki korxonaga ham xomashyo asosan Braziliyadan keltiriladi. Shuningdek, Meksika va Argentinadan ham olib kelinadi. Chunki xomashyo o‘zimizda yetkazilmaydi.

Xomashyo o‘zimizda yetishtirilmayotganligi bevosita iqlim bilan bog‘liq. Hozirgi kunda shakar qamish xomashyosidan mahsulot olyapmiz. Shakar qamish subtropik mintaqalarda o‘sadi. Bizning o‘lka subtropik emas, aksincha, keskin kontinental mintaqaga kiradi. Endi lavlagidan ishlash bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, keyingi yillarda nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda suv tanqisligi sezilyapti. Shunga qaramasdan, qand lavlagini yetishtirish borasida mutaxassislar bir yechimga keladi, degan umiddaman.

O‘zA muxbiri

Nasiba ZIYODULLAEVA

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shakar ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda muammolar bo‘lmaydi (+video)