Shahzoda Garri: SI ijtimoiy tarmoqdan ko‘ra xavfli
Shahzoda Garri muloqot va hamrohlik uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt chatbotlari xavfidan ogohlantirib, bunday qurilmalar yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqdan ko‘ra xavfliroq ekanini ta’kidladi. Ushbu bayonot Nyu-Yorkdagi Klinton global tashabbusi – "Clinton Global Initiative" doirasida berilgan.
Gersogning so‘zlariga ko‘ra, SI “ko‘proq ishonarli va ta’sirchan”, chunki insoniy munosabatga aralashishni o‘rganadi va nafaqat foydalanuvchi e’tiborini jalb qilish, balki hissiy bog‘liqlikni shakllantirishga ham harakat qiladi.
2024-yil Garri ijtimoiy tarmoq yoshlarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir etishi haqida gapirgan edi. Shuningdek, texnologiya yutuqlari muammoni yanada murakkablashtirayotgani, taqiq va sud kelishuvlari bolalarni himoya qilish uchun yetarli emasligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA