Geyts: SI rivojlanishi 2027-yil kiber tahdidni kuchaytiradi
“Microsoft” asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt tez rivojlanishi ortidan 2027-yil jiddiy kiber tahdid ko‘payishidan ogohlantirdi.
– Keyingi yil o‘ta keskin o‘zgarish yuz beradigan yo‘nalish kiber hujum bo‘ladi, – deya ta’kidlagan u. – Tahdid orqali pul undirish yoki fond bozoriga ta’sir qiladigan uzilish keltirib chiqarishga asoslangan biznes modeli allaqachon mavjud.
Ta’kidlanishicha, ilg‘or sun’iy intellekt modeli, yetarli cheklov yo‘qligi va zararli faoliyat jamlanmasi kibernetika sohasida “juda ko‘p yoqimsiz, kutilmagan hodisalar”ga olib kelishi mumkin.
Binobarin, Geytsning fikricha, SI nazoratdan chiqib ketishi hali insoniyat uchun eng dolzarb tahdid emas. Ya’ni, bunday qurilmalar dunyoga keng ko‘lamli ta’sir ko‘rsata oladigan darajada rivojlanishi uchun yana bir necha yil kerak.
S.Rahimov, O‘zA