Senegal vazirlarning chet elga xizmat safarini taqiqladi
Senegal hukumati vazirlarning chet elga xizmat safarini man etdi. Bu dunyo mamlakatlari orasida shunday qaror chiqarilgan ilk holatdir.
Ayni qadam Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi urush tufayli yuzaga kelgan energetika inqiroziga javob sifatida ko‘rilyapti. Bosh vazir Usmon Sonko faqat o‘ta zarur rasmiy safarlarga ruxsat berilishini ta’kidladi.
Mazkur choradan ko‘zlangan maqsad davlat xarajatini keskin kamaytirishdir. Qolaversa, neft narxi sezilarli darajada oshishi ham vaziyatni murakkablashtirgani aytilmoqda. Zero, neft import qiluvchi Senegal kutilmaganda hozirgi inqirozdan jiddiy zarar ko‘rgan.
S.Rahimov, O‘zA