Bugun, 2024 yil 19 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.  

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis  videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borilmoqda.  

Majlis kun tartibiga 15 masala kiritilgan. Ular orasida  “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar bor.    

Shuningdek, “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik  liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun  hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama etiladi.  

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.    

“O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Tehron, 2023 yil 18 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Xanoy, 2022 yil 14 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ma’qullanishi kutilmoqda.  

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani, Suv xo‘jaligi vazirining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotini eshitadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda atrof-muhitga salbiy ta’siri yuzasidan parlament so‘rovi yuboriladi.  

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosarini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.  

Yalpi majlisda ko‘riladigan barcha masalalar haqida O‘zAning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring!  

Norgul Abduraimova,  

Nosir Haydarov (surat),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi o‘z ishini boshladi