2025 yilning 29-30 aprel kunlari Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazildi.

Majlis jarayonlari Youtube orqali onlayn yoritib borildi. 

Yalpi majlisning birinchi ish kunida banklarni sanatsiya qilish va tugatish, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, davlat mudofaa buyurtmasi, ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqildi. 

Majlisning ikkinchi ish kunida ma’qullangan “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun pensiya bilan bog‘liq bo‘lib, endilikda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalari faol tatbiq etiladi. 

Pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 , ayollar 55 yosh) fuqarolarga pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilanmoqda. Qonun fuqarolarga pensiya ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun majlisda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Tamaki mahsulotlarining yangi turlarini mamlakatimizga olib kirish hamda muomalaga kiritish hollari ko‘payayotgani tashvishli ekani, bu borada javobgarlik belgilash zarurati yuzaga kelgani aytildi. 

Senat Raisi T.Norboyeva yoshlar, aholi salomatligini – genofondimizni o‘ylab ushbu qonun ishlab chiqilganini ta’kidladi. Bu qonun bilan kelajak avlod, atrof-muhit himoya qilinadi. Sir emaski, hayotimizga turli yangiliklar, ular bilan birga zararli omillar kirib kelmoqda. Ular orasida nafaqat salomatlikka, balki ma’naviyatga tahdid solayotganlari ham bor. Bulardan vaqtida ogoh bo‘lish, o‘sib kelayotgan avlodni himoya qilishimiz kerak. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini asrash – bugun eng dolzarb vazifa. Targ‘ibot ishlarini, yoshlar, ayniqsa, qizlarimiz orasida elektron sigaretalar zararini tushuntirish juda muhim. Bu jarayonda keng jamoatchilik, OAV faol bo‘lishi zarur. 

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan, elektron sigaretalarni va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek olib kirish va olib chiqish uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu qonun bilan NNT faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2024 yil 23 avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ma’qullandi. 

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot institutlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborildi. Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi. 

Shu bilan Senatning oltinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VmV_f2-TWB8" title="SENAT: pensiya, elektron sigareta, NNT boʼyicha oʼzgarishlar bor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova, Doniyor Yoqubov (video), Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SENAT: pensiya, elektron sigareta, NNT bo‘yicha o‘zgarishlar bor (+video)