Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish yuzasidan mahalliy kengash deputatlariga seminar o‘tkazildi.

Senatorlar tomonidan davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, xususan, genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Gender tahlilini rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonlariga integratsiya qilish orqali jamiyatimiz turli ehtiyojlariga javob beradigan va byudjet mablag‘larining barcha jihatlarni inobatga olgan holda taqsimlaydigan yanada samaraliroq moliyalashtirish tizimi yaratilishi alohida qayd etildi. 

Ushbu tizim bizga yanada shaffof, inklyuziv va natijaga yo‘naltirilgan davlat moliyasini taqdim etishda yordam berishi, bu esa, milliy rivojlanish ustuvorligi va maqsadlarimizga erishish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 

Tadbir doirasida genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishga oid metodologiyalarni takomillashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Senat a’zolari ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda mavjud imkoniyatlar va istiqbollar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdi. 

Seminarda genderga sezgir byudjetlashtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi hamda hududiy darajada uni joriy etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish O‘zbekiston amaliyotiga joriy etiladi