Yer, ehtimol, quyosh tizimida inson yashaydigan yagona sayyoradir.

Yer, ehtimol, quyosh tizimida inson yashaydigan yagona sayyoradir. Unda hayot 4,25 milliard yil oldin, shakllanganidan deyarli darhol paydo bo‘lgan. O‘shandan beri sayyora atrofida halqalar tizimi shakllanib, parchalanishga ham ulgurgan. Bundan tashqari, Yer yuzasining bir qismi ajralib, koinotga sochilib ketgan. Sayyoradagi sianobakteriyalar ongli mavjudot paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. RIA Novostida e’lon qilingan maqolada sayyoramiz haqidagi shu va boshqa g‘ayrioddiy dalillar haqida hikoya qilinadi.

Yer Saturn kabi halqalarga ega bo‘lgan

Taxminan 715 million yil oldin, Yer butunlay qor va muz bilan qoplangan bo‘lgan. Hatto sayyoramizning eng issiq joyi - ekvatorda harorat 20 daraja sovuqdan yuqoriga ko‘tarilmagan. Deyarli 120 million yil davom etgan bu davr fanda global muzlik deb nomlanadi. Farazlarga ko‘ra, bu qor va muz hukmronligi davri tirik organizmlar xilma-xilligining keskin o‘sishiga sabab bo‘lgan. Ammo muzlikning o‘zi boshqa global hodisaning ya’ni Saturnni o‘rab turgan halqalar kabi Yer atrofida halqalar tizimi shakllanishi natijasidir.

Amerikalik olimlar Piter Fosett va Mark Boslou taxminiga ko‘ra, sayyoramiz muz shariga aylanishidan biroz oldin, unga ulkan asteroid tushadi. Osmon jismining zarbi shunchalik kuchli ediki, to‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan tosh qoldiqlari koinotning Yerga yaqin bo‘shlig‘iga tushib, sayyora atrofida halqalarni hosil qiladi. Natijada ularning soyasi sayyoramizning tropik mintaqalariga quyosh nurining tushishiga to‘sqinlik qiladi va bu sathning global sovushiga olib keladi.
Ammo, sayyoramiz atrofidagi halqalar tizimi Oy va quyosh shamolining ta’sirida juda tez (albatta, astronomik me’yorlar bo‘yicha ) yo‘q bo‘ladi.

Oy Yerning bir qismi

“Amerikaliklar hech qachon Oyga qo‘nmagan“, deb ishonuvchilar ilgari suradigan dalillaridan biri – Oydan olib kelingan tuproq tarkibidir. U sayyoramizdagi tuproq tarkibi bilan bir xil. Ammo, bu osmon jismi namunalari qalbakilashtirilgan degani emas. Chunki bir necha milliard yil oldin, Oy sayyoramizning bir qismi bo‘lgan.

Kaliforniya universiteti olimlari, Yer shakllanganidan ko‘p o‘tmay, unga Marsga o‘xshash kosmik jism urilgan deb hisoblaydi. Ya’ni sayyoramiz va Teyya deya nomlangan ulkan samoviy jism juda yuqori tezlikda to‘g‘ri burchak ostida to‘qnashadi. Teyya yosh sayyora qobig‘ini yorib o‘tib, butunlay eriydi. Ushbu qotishmaning bir qismi koinotga ham sochilib, asta-sekin Oyda “to‘planib“ boradi.

Yerning eng qadimgi toshlari Oyda ham bor

Sayyoramiz taxminan 4,5 milliard yil oldin protoplanetar diskdan, Quyosh paydo bo‘lganidan qolgan gaz va changdan hosil bo‘lgan. Keyinchalik Yer asta-sekin sovib, qattiq kosmik jismga aylanadi. Yuz million yil o‘tgach, yuzada toshlar paydo bo‘ladi. Olimlar bu hodisani sayyora va undan tashqarida topilgan eng qadimgi tosh namunalari asosida aniqlagan.

Yer yuzidagi eng qadimgi material Avstraliyaning g‘arbiy qismida yer qobig‘idan olingan mayda sirkon kristali hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, sirkon kristalining yoshi 4,4 milliard yilga teng. Ya’ni, u Yerda magma okeanlari soviganidan keyin hosil bo‘lgan. Taxminan o‘sha yoshdagi sirkon, kvars va dala shpatilaridan hosil bo‘lgan toshlar 1971 yilda Oydan olib kelingan namunalarda ham aniqlangan. Tadqiqotchilar bu o‘xshashlikni Yerning Teyya bilan to‘qnashuvi bilan izohlaydi. To‘qnashuvda sayyoramizdan ajralgan bo‘laklar bora - bora Oyda to‘plangan. Oyda Yerdagi eng qadimiy toshlarning uchrashi ana shu bilan bog‘liq.

Kelajakda Yerda faqat bitta qit’a bo‘ladi

Taxminan uch yuz million yil oldin, Yerda bitta ulkan qit’a - Pangeya mavjud bo‘lgan U ikki qismga bo‘linib, Lavraziya va Gondvanani hosil qiladi. O‘z navbatida bu qismlar yana sakkiztaga - Yevroosiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya, Antarktida, Arabiston yarim oroli va Hindistonga bo‘linadi.

Yangi ilmiy farazlarga ko‘ra, 250 million yildan so‘ng, qit’alar yana bitta ulkan qit’aga birlashadi. Ba’zi olimlar uni oxirgi Pangeya, boshqalari - Aurika yoki Amaziya deb atashadi. Uning qanday ko‘rinishda va qaerda joylashishi haqida fanda hozircha aniq xulosalar yo‘q. Ammo ba’zi taxminlarga ko‘ra, yangi qit’a o‘z ajdodi - Pangeya geografik markazidan 90 darajada - Shimoliy muz okeani o‘rnida shakllanadi. Boshqa bir farazga ko‘ra, yangi qit’a qadimgi Pangeyaga qarama-qarshi tomonda, Tinch okeani qurshovida hosil bo‘ladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyoramiz haqida g‘ayrioddiy dalillar