Sayyor qabul: talabalarning murojaat va takliflari tinglandi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Alişer Ubbiyev tomonidan talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot şaklida sayyor qabul taşkil etildi.
Unda talabalarning taʼlim olişi, yaşaş şaroitlari, ijtimoiy qöllab-quvvatlanişi, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ilmiy va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Sayyor qabul davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirişdi. Şuningdek, taʼlim sifatini oşiriş, institutdagi şart-şaroitlarni yanada yaxşilaş, yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda talabalar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş borasida qator takliflar ilgari surildi.

Rektor har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntiriş berdi. Öz yeçimini talab etadigan murojaatlar böyiça masʼul rahbar va bölimlarga aniq topşiriq berilib, ularning ijrosini nazoratga oliş zarurligi taʼkidlandi.
Bunday sayyor qabullar talaba-yoşlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlaş, ularning muammolarini öz vaqtida aniqlaş va hal etiş, şuningdek, taʼlim muassasasi faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri