Saylovçilar kayfiyati: Tramp siyosatiga norozilik kuçaydimi?
AQŞda Kongress nazoratini belgilaydigan oraliq saylov böyiça dastlabki natija mamlakatdagi vaziyatdan norozilar köpligini namoyiş etdi. Asosiy eʼtiroz yaşaş qimmatlaşuvi, iqtisodiy siyosat va hukumatdagi korrupsiya bilan boğliq. Sörovda qatnaşganlarning qariyb 90 foizi kunlik xarajat tanlovga jiddiy taʼsir körsatganini aytgan. Qariyb uçdan ikki qism yuqori narx uçun Prezident Donald Trampni masʼul hisoblagan.
2024-yil prezidentlik saylovida Trampni qöllab-quvvatlagan ayrim guruhlar orasida ham respublikaçilarga xayrixohlik kamaygan. 18-29 yoşlilar qöllab-quvvatlovi 40 foizdan 25 foizga, Lotin Amerikasi bilan boğliq qatlam orasida esa 50 foizdan 33 foizga tuşgan. Qora tanli erkaklar orasida ayni körsatkiç 21 foizdan 13 foizgaça pasaygan.
Ayni payt 65 yoşdan yuqori ovoz bergan fuqarolarning umumiy sondagi uluşi ikki yil oldingiga nisbatan kötarilgan va bu guruh respublikaçilarni köproq maʼqullagan. Oq tanli yevangeliy nasroniylar orasida ham saylovda qatnaşiş darajasi past: 25 foizdan 17 foizga tuşgan.
Töğri, “exit poll” – “çiqiş sörovi” saylovçilar kayfiyati va siyosiy qaraşidagi özgarişni aks ettiradi, ammo yakuniy natija xususida aniq tasavvur bermaydi.
Musulmon Ziyo, ÖzA