AQŞda siyosiy buriliş yuz beradimi?
AQŞda bölib ötgan oraliq saylovning dastlabki natijasiga köra, Demokratik partiya vakillari Parlamentning har ikki palatasida köpçilik örinni qölga kiritdi.
“Anadolu” xabariga köra, Vakillar palatasidagi 435 mandatdan 218 tasini egallagan demokratlar qonun çiqaruvçi hokimiyat ustidan nazoratni qaytarib olişdi. Endi ular Respublikaçilar partiyasidan Prezident Donald Tramp siyosatiga qarşi çiqiş va uning taşabbuslarini çeklaş imkoniga ega böladi.
Demokratlar Senatdagi 53 örin tufayli 3-noyabrdagi saylovda ğalabani qölga kiritdi. Umuman, uşbu oraliq saylovda amerikaliklar gubernatorlar va mahalliy hokimiyat aʼzolaridan taşqari Vakillar palatasini töliq, Senatdagi 100 örindan esa 35 tasini qayta sayladilar.
Mamlakat qonunçiligiga köra, Vakillar palatasi tarkibi har ikki yilda töliq yangilanadi. Olti yillik muddatga saylanadigan Senat aʼzolarining esa taxminan uçdan bir qismi har ikki yilda qayta saylab boriladi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA