Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqboli” mavzusida xalqaro konferensiya ishtirokchilari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabat keyingi yillarda sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, bunday natijaga ko‘p jihatdan ikki davlat rahbarlarining do‘stona va ishonchli shaxsiy munosabatlari tufayli erishilayotganini alohida qayd etdilar.

Oliy darajagi aloqalar muntazam tus olib, 2017 yildan buyon 8 marta nufuzli anjumanlar doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Joriy yilning o‘zida yetakchilar ikki bor – Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti va Shushada Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida uchrashdilar.

Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga oxirgi davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari boshchiligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Bu ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish va sheriklikni o‘ziga xos mazmun bilan boyitishning samarali mexanizmi sifatida namoyon bo‘ldi. Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 10 ta hujjat imzolandi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, savdo-iqtisodiy soha haqli ravishda hamkorlikning ustuvor sohasi sifatida belgilab olingan.

G‘.Xonnazarov, D.Yoqubov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo-iqtisodiy aloqalar – ustuvor ahamiyat kasb etadi