Yurtimizda yozning jaziramasida kishiga huzur va halovat baxsh etadigan manzillar bisyor. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak qishlog‘i ulardan biri.
[gallery-7453]
Bu qishloqning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” - yer sathidan 120 metr balandlikdagi tog‘ qoyasidan otilib tushadigan Sangardak sharsharasi go‘zalligi, yon-atrofga salqinlik berib turishi bilan e’tiborni tortadi. Zilol tomchilaridan hosil bo‘ladigan tovushga uyg‘un ravishda quyosh nurida kamalak misol jilvalanib tushayotgan sharsharani tomosha qilish istagida bu yerga keluvchi sayyohlarning qadami uzilmaydi.
Muhammad AMIN (surat),O‘zA