Poytaxtimizda isitiş mavsumi 9-noyabrdan boşlanadi
Kuz fasli sönggida havo beqarorlaşa boşlaydi. Sovuq havo oqimi kelişi bilan barçani birdek qiziqtirgan savol issiqlik taʼminotidir.
Uşbu savolga Toşkent şahar hokimligi bu mavsumgi javobni eʼlon qildi. Poytaxtda 2026–2027-yilgi isitiş mavsumi 9-noyabr, duşanba kunidan boşlanadi.
Poytaxt hokimining tegişli qaroriga muvofiq, dastlab ijtimoiy soha obʼektlari — maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa muassasalarga, şuningdek, köp kvartirali turar joy binolariga issiqlik beriş yölga qöyiladi. Isitiş tizimiga ulaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, isitiş uçun tölov issiqlik amalda ulangan kundan boşlab hisoblanadi.
Şerbek Islomov, ÖzA