San’atsevar yoshlar maskani
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabida 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz fortepyano, torli cholg‘ular, xor, an’anaviy xonandalik, tasviriy va amaliy san’at kabi 12 yo‘nalishda musiqa va san’at sirlarini o‘rganmoqda.
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabida 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz fortepyano, torli cholg‘ular, xor, an’anaviy xonandalik, tasviriy va amaliy san’at kabi 12 yo‘nalishda musiqa va san’at sirlarini o‘rganmoqda.San’at dargohida zamonaviy ta’lim sharoitlari, qulay ijodiy muhit va mustahkam moddiy-texnik baza yaratilgan. Bu mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish bilan birga, maktab tarbiyalanuvchilarining o‘z mahoratini keng namoyish etishida muhim ahamiyat kasb etayotir. Maftuna To‘rayeva, Shahzoda Jo‘rayeva, Gulmira Botirova, Ravshan Rajabov kabi iste’dodli yoshlar mamlakatimiz miqyosidagi tanlov va festivallarda yuqori natijalarga erishmoqda.