Sambo: Jahon çempionatining ilk kunida 6 ta medal qölga kiritildi
Sambo böyiça kattalar örtasida ötayotgan 50-jahon çempionatining ortda qolgan dastlabki kungi bellaşuvlarida 9 ta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
100 dan ziyod mamlakatning 700 nafarga yaqin sportçilari qatnaşayotgan tarixiy jahon çempionatining ilk kunida sport sambosida erkaklar -58, -79 kilogrammda, ayollar -50 kilogrammda, jangovar samboda erkaklar -64, -88, ayollar +80 kilo oğirlikda, közi ojiz erkak sportçilar -64, -79, -98 kilogrammda, qizlar -50 va -59 kilogrammda kuç sinaşdi.
[gallery-32389]
Şiddatli keçgan kuraşlar natijasiga köra, Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 tadan oltin, kumuş va bronza, jami 6 ta sovrinli örinni qölga kiritdi.
Xususan, sport sambosi bahslarida hamyurtlarimiz sovrinli örinlardan mosuvo qolgan bölsa, jangovar sambo kuraşlarida terma jamoamiz aʼzolaridan Mavluda Abdullayeva +88 kilogramm vazn toifasining saralaş musobaqalarida barça raqiblarini mağlub etdi. Finalda u qirğizistonlik Nurila Assan kizidan ustunlikka erişib, 50-jahon çempionatining oltin medaliga sazovor böldi.

Şuningdek, közi ojiz sportçilar örtasida -98 kiloda vatanimiz şarafini himoya qilgan Ölmas Raiymov raqiblarini doğda qoldirgan holda çempionlik şohsupasidan joy oldi.
Közi ojiz sportçilar örtasida Isoq Abdurahmonov -64 kilogrammda, Çaros Ortiqova -50 kiloda kumuş medalga egalik qilgan bölsa, jangovar samboning -64 kilosida hamyurtimiz Bahodir Boqiyev, közi ojiz qizlar bahsida Nasiba Boboqulova -59 kilo oğirlikda bronza medallariga sazovor böldi.
Bugun, 7-noyabr kuni jahon çempionatining ikkinçi kungi bellaşuvlarida samboçilar 12 ta vazn toifasida kuç sinaşadi.
Tölqin Röziyev, Alimurod Mamadaminov(surat), ÖzA