Indoneziyada sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Gap shundaki, chempionatning ilk kunida sambochilarimiz 6 ta medal qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘i, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Saidahmad Ravshanov kumush, Vazira Nurullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, vazni -79 kg. bo‘lgan Zafarjon Toshtemirov va -80 kg. vazn toifasida Mohinur Aralova yoshlar o‘rtasida finalga qadar o‘tgan barcha janglarda g‘alaba qozondi va kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu yoshda Asadbek Matyoqubov va Ramajon Saparova o‘z vaznida bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa, dunyo birinchiligining ilk kungi bahslari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA