Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.

Bu yil mamlakatimizda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni har yilgidan oʻzgacha tarzda keng nishonlanmoqda. Barcha hududlarda bayram munosabati bilan ommaviy xalq sayllari uyushtirilmoqda.

Samarqand shahrida ham bugun erta tongdan Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻida “Ustoz – qadri buyuk muallim” shiori ostida bayram sayli boshlandi.

Viloyatdagi taʼlim muassasalari tomonidan kun davomida kasb va mutaxassisliklar koʻrgazmalari, musiqa va sanʼat, sport maktablari oʻquvchilari tomonidan madaniy va sport dasturlari namoyish etildi. Viloyatning barcha hududlaridan kelgan oʻqituvchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

– Sakson yoshni qarshilayotgan boʻlsam-da shu paytgacha oʻqituvchilar bayramining bunchalik katta shodiyona bilan nishonlanishini koʻrmagandim, – deydi faxriy oʻqituvchi, fizika-matematika fanlari nomzodi Keldiyor Gadoyev. – Prezidentimizning bizga yoʻllagan tabrigi ham samimiy dil izhorlariga toʻla ekan. Bugunga sayilda qatnashib oʻzimning 42 yillik oʻqituvchilik faoliyatim, ustozlarim yodimga tushyapti. Qani endi yosh boʻlib qolsamu yana maktabga qaytib, bolalarga saboq bersam. Oʻqituvchi qadr topgan davrda butun mehringni berging ishlaging keladi-da.

“Moʻjiza” amfiteatridagi tantanali bayram tadbiriga taʼlim sohasi vakillari, fidoyi ustoz va murabbiylar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz oʻqituvchi va murabbiylariga yoʻllagan bayram tabrigini Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov oʻqib eshittirdi.

Tadbir qatnashchilari davlatimiz rahbarining “Bizning barcha saʼy-harakatlarimiz “Oʻzbekistonda eng obroʻli inson muallim boʻlishi kerak” degan gʻoyani amalga oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun davlat va jamiyat tomonidan qancha mablagʻ, resurs va imkoniyatlar zarur boʻlsa, barchasini safarbar etamiz” degan fikrlarini katta xursandchilik bilan qabul qildilar. Shundan soʻng Prezidentmizning bayram munosabati bilan qabul qilingan farmoniga koʻra, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 9 nafar samarqandlik oʻqituvchi va murabbiylarga orden va medallar tantanali topshirildi.

– 28 yildan buyon oʻqituvchilik qilib, yuzlab yoshlarga ilm oʻrgatganimdan, el oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozonganimdan baxtiyorman, – deydi Qoʻshrabot tumanidagi 50-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi Baxtiyor Jonibekov. – Bugun esa ana shu kamtarona xizmatlarim yuksak baholanib, Prezidentimiz farmoniga koʻra, davlat mukofoti bilan taqdirlanganimdan boshim koʻkka yetdi. Toʻgʻrisi, kutmagandim. Endi bu ishonch, eʼtirofni oqlash uchun yana ham shijoat bilan mehnat qilaman, butun borligʻimni maktabga, farzandlarimizga taʼlim-tarbiya berishga bagʻishlayman.

Shuningdek, bir guruh ustoz va murabbiylar Samarqand viloyati hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tantanali marosimda samarqandlik va poytaxtdan kelgan elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, badiiy jamoalarning konsert dasturi namoyish etildi.

photo5228814781425757391.jpg

photo5228814781425757393.jpg

photo5228789625802304627.jpg

photo5228814781425757397.jpg

photo5229128219549084843.jpg

photo5229128219549084839.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik 9 nafar oʻqituvchi “Moʻjiza” sahnasiga chiqdi
Жамият
20:22 / 30:09:2019