Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlandi.

Bir yilda ikki marta o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonlari yangi tartib bo‘yicha bir vaqtning o‘zida respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida pedagoglar soni 62 ming 556 nafarni tashkil etib, ularning 6745 nafari (11 foizi) oliy, 11570 nafari (18 foizi) 1-toifali, 13780 nafari (22 foizi) 2-toifali, 21167  nafari  (34 foizi) mutaxassis-toifasiz, 9294  nafari  (15 foizi) o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardan iborat. Ayni jarayonda qatnashish uchun jami 30 mingga yaqin hujjat kelib tushgan, ularning 20 ming 835 tasi qabul qilingan.

– Attestatsiyadan o‘tish uchun pedagog kadrlardan 1 avgustdan 1 oktyabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirlikning rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaatlar qabul qilindi, – deydi Samarqand viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining pedagoglarning bilim va malakalarini baholashni tashkil etish shu’basi bosh metodisti Orif Ma’rupov. – Viloyat bo‘yicha attestatsiya jarayonlarida qatnashish uchun kelib tushgan hujjatlar ma’lum qismining qaytarilganligiga o‘qituvchilar tomonidan talab qilingan hujjatlarning noto‘g‘ri kiritilganligi sabab bo‘lgan. Kamchiliklar kuzatilgan hujjatlar qayta tahrirga yuborilgan. Ammo pedagoglar hujjatlari qabul qilingan yoki qaytarilganligi bilan qiziqmagan. Attestatsiya jarayonlari bir yilda ikki marta — bahor va kuzda o‘tkazilmoqda. Joriy mavsum test sinovlari 21 oktyabrdan 12 noyabrgacha davom etadi. Bir navbatda 225 pedagog, bir kunda 1600 nafarga yaqin pedagog test sinovlarida qatnashmoqda. 80 balldan yuqori ball olgan pedagog toifa bilan birga vazirning 70 foizlik ustamasini olishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, viloyatimizda o‘z ustida muntazam ishlab, 29 million so‘mgacha ish haqi olayotgan pedagoglarimiz ham bor.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, sinovlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mutaxassislik fanidan pedagoglarning bilimi (bilish, qo‘llash, mulohaza qilish ko‘nikmalari), ikkinchi bosqichda ularning pedagogik mahoratlari baholanadi.

Birinchi bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholanib, bunda pedagoglarga mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savoli beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorat baholanadi. Bunda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida 10 ta savol-topshiriq beriladi.

Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi. Buning natijasida tashqi aralashuvning oldi olinib, inson omili aralashuviga barham beriladi. Eng muhimi, samarqandlik pedagoglarning aksariyati test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, belgilangan tartibda toifalarni hamda ustama haq olish imkoniyatlarini ham qo‘lga kiritmoqda.

–  Jarayonga ish faoliyati hamda farzandlar tarbiyasi bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘rish biroz qiyin bo‘ldi, – deydi Samarqand shahridagi 13-umumta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi Gavhar Hamdamova. – Ammo qilgan mehnatlarim besamar ketmadi. Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirib, 86 ball bilan o‘tdim. Eng muhimi, birinchi toifadan oliyga o‘tish bilan birga Maktabagacha va maktab ta’limi vazirligining 70 foizlik ustama haq olish imkonini ham qo‘lga kiritdim. Bunday imkoniyatlar har qanday soha xodimining ham ishiga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Endi o‘quvchilarim bilan yanada chuqur ishlab fan olimpiadalarida ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda pedagoglar 29 million so‘mgacha ish haqi olmoqda