Samarqandda III shaxmat paralimpiadasi boshlandi
Samarqand xalqaro turizm markazida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida III shaxmat paralimpiadasining birinchi tur bahslari boshlandi.
Musobaqani O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Komil Sindorov, FIDEning maxsus topshiriqlar bo‘yicha direktori va nogironlar olimpiadasining texnik delegati Akaki Lashvili boshlab berdi. Shaxmat paralimpiadasida 31 mamlakatdan kelgan 41 ta jamoa tarkibida 205 nafar shaxmatchi bellashmoqda.
Musobaqada O‘zbekistondan mezbon davlat sifatida uchta jamoa qatnashyapti.
Vakillarimiz birinchi turda Uganda, Hindiston va Venesuela jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.
Musobaqa 7 turdan iborat bo‘lib,18-sentabrgacha davom etadi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari