O‘zbekistonlik parasportchilardan yana to‘rtta medal
Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari disk uloqtirishda ikki oltin va bronza, para pauerliftingda kumush, yadro uloqtirishda esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida F40 klassida disk uloqtirish bahslarida Madina Muxtorova 25,59 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lib, Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Farog‘at Muhammadqulova esa 21,25 metr natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi. Kumush medal Birlashgan Arab Amirliklari vakiliga nasib etdi.
F41 klassidagi musobaqalarda ham o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaning yuqori pog‘onalarini egalladi. Navro‘za Ahmadova 30,11 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo rekordini o‘rnatdi. Kubaro Hakimova esa 25,05 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida 86 kilogramm vazn toifasida Orzigul O‘rolova 136 kilogramm natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Erkaklar o‘rtasida F42/63 klassida yadro uloqtirish bahslarida Muhammad Rixsimov 13,77 metr natija ko‘rsatib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA