Samarqandda II O‘zbekiston iqtisodiy forumiga start berildi
Xalqaro darajadagi yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarni jamlagan II O‘zbekiston iqtisodiy forumi boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga murojaati e’lon qilindi. Murojaatni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.
Forum Samarqandda ikki kun, ya’ni 3-4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Anjuman kun tartibidan O‘zbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi va rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.

Iqtisodiy forumda o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish, ishbilarmon doiralar, xorijiy korxonalar vakillarining hamkorligini o‘rnatish hamda investorlarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilinadi.

Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning roli, o‘zgaruvchan muhitda pul-kredit va makroprudensial siyosat hamda yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurati kabi mavzular forumning muhokama markazida bo‘ladi.
O‘zA