Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Germaniyaning Magdeburg universiteti tibbiyot fakulteti bolalar jarrohligi va travmatologiyasi markazi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan muassasalardan biri hisoblanadi. Markazda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashda zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridagi nufuzli klinikalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida ushbu markazda yurtimizdagi tibbiy muassasalar orasida birinchilar qatorida bolalar kardioxirurgiya bo‘limi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan minglab bolalar sog‘lomlashtirildi. Bu vazifani xorijda bilim va malaka oshirgan mahalliy muxatassislar chet ellik hamkasblari bilan hamkorlikda amalga oshirib kelmoqda.  

– Bugungi kunda Germaniyadagi bir qator klinikalar bilan yaqin hamkorlikda ishlayapmiz, – deydi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Mamatqul Azizov. – Keyingi olti yil davomida o‘nga yaqin vrachlarimiz ushbu davlatda malaka oshirib keldi. Shuningdek, Germaniyadan kelgan mutaxassislar bilan birgalikda o‘ndan ortiq murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarildi va endilikda bunday opreratsiyalarni o‘zimizning vrachlarimiz amalga oshirmoqda. Bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida yaqinda Samarqandda O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot forumi o‘tkazish rejalashtirilgan. Magdeburg tibbiyot markazi bilan hamkorlik memorandumi ham ana shu tadbirning bir qismi hisoblanadi. Kelishuvga ko‘ra, ikkala tibbiyot markazi kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, germaniyalik mutaxasislar tomonidan mahorat saboqlari uyushtirilishi va hamkorlikda noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish, bemorlarni teletibbiyot usulida konsultatsiya qilish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Germaniyalik mehmonlar markazda bemorlarni davolash bo‘yicha foydalanilayotgan metodlar bilan yaqindan tanishdi, mahalliy mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashdi.  

G‘.HASANOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Germaniya tajribasi asosida tibbiy xizmat ko‘rsatiladi