Samarqand shahrida milliy an’ana va qadriyatlarimiz, boy madaniyatimiz va to‘kin dasturxonimiz ramzi bo‘lgan non festivali o‘tkazilmoqda.

Unda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan, shuningdek, yurtimizning turli hududlaridan kelgan yigirmadan ortiq novvoy Islom Karimov ko‘chasida tandir o‘rnatib, Samarqand nonlarini pishirmoqda.

Festivalning ochilish marosimida Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev, adliya vaziri A. Toshqulov ishtirok etib, ishtirokchilar va mehmonlarni tabrikladi.

– Samarqand noni azaldan bu qadimiy va hamisha navqiron shahar nomi bilan birga dunyoga mashhur bo‘lib, tillardan tillarga ko‘chgan, Samarqandning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, – dedi A. Boboyev. –  

Bugun viloyatimizda yuzlab usta novvoylarimiz ota-bobolari, momolaridan meros bu hunarni davom ettirib, quyosh kabi yorqin, issiq va xushta’m Samarqand nonlarini tayyorlab, elimiz dasturxoni to‘kin-sochinligini ta’minlamoqda, xorijlik sayyohlarning e’tibor va e’tirofini qozonmoqda.

Shu yilning fevral oyida dunyoga mashhur Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Endilikda Samarqand nonini YUNESKOning noyob moddiy madaniyat merosi sifatida e’tirof etish borasida sa’y-harakatlar olib borilmoqda.  

Shu jihatdan mazkur festival Samarqandning o‘ziga xos brendi darajasiga ko‘tariladigan turistik tadbirlardan biriga aylanishi ta’kidlandi.

[gallery-23418]

Festival faqatgina non va non mahsulotlari, milliy hunarmandlik buyumlarini namoyish etishdan iborat emas, balki qadimiy nonvoylik an’analarini tiklash va yosh avlodga yetkazish, Samarqandning madaniy merosini jahonga tanitish, hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish, xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlarini mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand noni – milliy brend