O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda Samarqand davlat universitetini ilmiy-texnologik va ijtimoiy rivojlantirish, raqobatbardosh ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, flagman oliy ta’lim muassasasi darajasiga olib chiqish maqsadida:

1. Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilsin.

2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida (keyingi o‘rinlarda – Universitet) Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:

Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2026 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish;

Universitet faoliyatini raqamlashtirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.

3. Quyidagilar:

2022-2025 yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini 2025 yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etilsin:

agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti (keyingi o‘rinlarda – Agrobiotexnologiyalar instituti);

muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti (keyingi o‘rinlarda – Muhandislik instituti);

pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning
Urgut filiali (keyingi o‘rinlarda – Filial).

5. Quyidagilar Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

mehnat bozorida raqobatbardosh, amaliy ko‘nikmalarni egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va masofaviy ta’lim texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;

o‘quv rejalarini tegishli sohalarning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda shakllantirish, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish;

o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish tashkilotlarining muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy, amaliy
va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish;

ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etish, respublika hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

talabalarga ta’lim olish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoit yaratish hamda chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish;

ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;

Universitetning agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Agrobiotexnologiyalar institutida davom ettiradi;

Universitetning fizika va matematika fakultetlari tarkibidagi amaliy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Muhandislik institutida davom ettiradi;

Filial Urgut tumanidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;

Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik institutining byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan Universitetning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi, Filial esa Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;

Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial direktori, direktor o‘rinbosari mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlari bo‘yicha tegishli ravishda oliy ta’lim muassasasi filiali direktori va filial direktori o‘rinbosariga, boshqa xodimlar esa oliy ta’lim muassasalari xodimlariga tenglashtiriladi;

Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan, bino va inshootlarni ta’mirlash va jihozlash – Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

a) Universitet bilan birgalikda:

Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial tuzilmasi hamda shtat jadvali normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlasin;

Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;

Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etsin;

b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash hamda onlayn ma’ruza o‘tkazish va masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun zarur telekommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;

v) Fanlar akademiyasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:

Agrobiotexnologiyalar instituti talabalarining amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dars jarayonlariga soha mutaxassislari va olimlarni, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun ilmiy tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish, zarur hollarda amaliy darslarni ishlab chiqarish va dala sharoitlarida olib borish choralarini ko‘rsin;

Agrobiotexnologiyalar instituti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan agroklasterlar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati tashkilotlarida tashkil etsin;

Agrobiotexnologiyalar instituti talaba va professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot institutlari hamda yetakchi tashkilotlarning laboratoriyalaridan foydalanishlari uchun zarur sharoit yaratsin;

g) “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda:

Muhandislik instituti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini sanoat korxonalarida tashkil etish choralarini ko‘rsin;

Muhandislik institutiga ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, kichik biznes va sanoat korxonalari uchun innovatsion mini-texnologiyalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida ko‘mak berib borsin.

8. Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Davlat byudjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yilgi investitsiya dasturiga kiritish uchun Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlarini sohaga ajratilgan limitlar doirasida amalga oshirish yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga takliflar taqdim etib borsin.

10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

Agrobiotexnologiyalar institutini Samarqand tumani, Gulobod qo‘rg‘onidagi Universitet huzuridagi Gulobod agrotexnologiyalar texnikumining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish;

Muhandislik institutini Samarqand shahri, Xishrav qo‘rg‘onidagi Universitet huzuridagi Yadro fizikasi laboratoriyasi hududining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirish;

Filialga Samarqand viloyati, Urgut tumani, Vagashti mahallasida joylashgan Urgut iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish.

11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H.Toshkulov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O.Turdimov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti                                                            Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2022 yil 13 yanvar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida