Xabar berganimizdek, joriy yilning 8 va 9 noyabr kunlari Samarqandda “Samarkand Marathon 2025” yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2019 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan bu yilgi tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi (https://events.samarkandmarathon.uz/).

Mazkur musobaqa madaniyat va san’at muassasalarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, madaniy turizmni rivojlantirish, respublika aholisini, jumladan, yosh avlodni faol sportga keng jalb etishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Shu bois marafon yo‘nalishlari Samarqandning madaniy va tarixiy yodgorliklari bo‘ylab tashkil etilgan bo‘lib, 42,2, 21,1, 10, 5 va 2 kilometr masofada o‘tkaziladi. Shuningdek, musobaqada skandinavcha yurish va bolalar poygalari mavjud.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, “Samarkand Marathon” starti Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasining ilk yugurish uyushmasi bo‘lgan “TAN” (https://www.instagram.com/tan.series/) turkumiga mansubdir.  

Bu yilgi musobalarning bosh hamkorlari Xalq banki, Xazna,  O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi hisoblanadi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarkand Marathon 2025”da qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi