“Samarkand Marathon” xalqaro darajada eʼtirof etildi
Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yuguriş musobaqasi Butunjahon atletika federatsiyasining “Elite Label” mukofotiga sazovor böldi va “World Athletics Elite Label” maqomini oldi.
Uşbu maqom 2019-yildan buyon har yili anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan marafonni bir neça yönalişlarda rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar eşigini oçadi.
Jumladan, professional sportçilarni jalb qiliş imkoniyatini kengaytiradi, professional yuguruvçilar, sportçilar menejerlari va xalqaro sport agentliklari uçun musobaqaning jozibadorligini oşiradi.
Şu yilning 7-8-noyabr kunlari ötkaziladigan bu yilgi musobaqada turli mamlakatlardan taşrif buyurgan professional sportçilar 42,2 kilometr masofa startida saf tortişadi. Ularning yuqori natijalari Butunjahon atletika federatsiyasi reytinglari bilan tasdiqlanadi. Iştirokçilar orasida milliy va xalqaro yulduzlar, Olimpiya öyinlari, jahon çempionatlari va yirik xalqaro marafonlar iştirokçilari bor.
8-noyabr kuni marafonga tört karra Olimpiya çempioni, 6-marta jahon, 9-marta Yevropa çempioni bölgan, dunyo yuguriş afsonasi britaniyalik ser Mo Fara start beradi.

– “World Athletics”dan “Elite” yorliğini oliş “Samarkand Marathon”ni rivojlantirişdagi muhim bosqiç va bir neça yillik tizimli mehnatimiz mahsulidir, – deydi Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi marafonlarni taşkil etiş bölimi boşliği va “Samarkand Marathon” turkumi rahbari Mirxan Sagitov. – Biz xalqaro yengil atletika federatsiyasi talablariga javob beriş uçun musobaqalarning sport darajasini izçil oşirib bormoqdamiz, infratuzilma, tibbiy va aksildoping taʼminotini rivojlantirmoqdamiz. Jahon yengil atletikasi yulduzi ser Mo Farani Samarqandda olqişlaş biz uçun katta şaraf. Uning taşrifi bizning tadbirimizning nufuzini yanada oşiradi. Biz “Samarkand Marathon”ni dunyoning eng kuçli sportçilarini jalb qiladigan va Özbekistonning xalqaro yuguriş maydonidagi mavqeini mustahkamlaydigan tadbirga aylantirişga intilamiz. “Elite Label”ni qölga kiritiş bu maqsadga erişiş yölidagi muhim qadamdir.
“Samarkand Marathon” ayni paytda MDH mamlakatlarida bunday darajadagi yagona yuguriş musobaqasi hisoblanadi. Bu yil musobaqada iştirok etiş uçun 63 ta davlatdan 1,5 mingdan ortiq iştirokçi röyxatdan ötgan.
Marafon starti va marra Registon maydoni etib belgilangan. Yuguriş yölagi Samarqandning tarixiy markazi böylab ötadi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri