Har kuni tanamiz vitaminlar, minerallar va boshqa muhim moddalarni talab qiladi. Ammo zamonaviy ovqatlanish tartibi bizga yetarli miqdorda foydali elementlarni bera oladimi?

Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) – organizm uchun kerakli moddalarning samarali manbai! Ular immunitetni mustahkamlash, energiyani oshirish va sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. 

Muhimi – sifatli va sertifikatlangan mahsulotni tanlash! Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanilsa, BFQ sog‘lig‘imizni saqlashda ishonchli yordamchi bo‘lishi mumkin. 

Biroq, BFQlarni iste’mol qilishda nimalarga ahamiyat berish zarur? 

Biologik faol qo‘shimchalarni iste’mol qilishda faqat ishonchli, sertifikatlangan mahsulotlarni tanlash kerak. Soxta yoki sifatsiz qo‘shimchalar foyda o‘rniga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, har qanday BFQni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish, har bir inson organizmi har xil bo‘lgani uchun, individual yondashuv kerak bo‘ladi. 

Avvalambor, qo‘shimchaning tarkibini o‘rganing. Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish nojo‘ya ta’sirlarga sabab bo‘lishi mumkin. Dozalash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. Yodda tutish zarurki, BFQlar foydali bo‘lsa ham, ular sog‘lom ovqatlanishning o‘rnini bosmaydi. Ularni qo‘shimcha vosita sifatida qabul qilish mumkin xolos. 

Agar qo‘shimcha iste’molidan keyin allergiya, ovqat hazm qilish muammolari yoki boshqa noxush holatlar kuzatilsa, darhol qabul qilishni to‘xtatib, mutaxassisga murojaat qilish kerak. 

Yoki inson umuman, sog‘lom bo‘lsa va o‘ziga mos keladigan vitamin yoki minerallarni qabul qilmoqchi bo‘lsa, ularni shifokorsiz ham iste’mol qilishi mumkin. Lekin, shubha tug‘diradigan yoki doimiy qabul qilishni rejalashtirayotgan BFQlar bo‘lsa, mutaxassis bilan maslahatlashish foydadan holi emas.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Nurmat Otabekov, Tibbiyot fanlari doktori, professor — Anatoliy Xudoybergenov bu yuzasidan ma’lumot berdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zxsvWnWpGSQ" title="BFQ inson organizmiga nega kerak? Iste’moldan oldin tavsiyalar — &quot;Salomat bo&#39;ling&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Salomat bo‘ling!” - Biologik faol qo‘shimchalar (+video)