“Muhandislik oyligi” — yoshlar uchun innovatsion g‘oyalar maydoni
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda yoshlarni muhandislik va innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilgan “Muhandislik oyligi” doirasida respublika bo‘ylab qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik davomida tanlovlar, startap taqdimotlari, mahorat darslari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokidagi leksiyalar tashkil etilmoqda. Bu esa yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.
[gallery-28555]
Jumladan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda talabalar o‘z g‘oya va tashabbuslarini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, “Muhandislik oyligi” ixtirochi yoshlar uchun o‘z ishlanmalarini namoyish etish va ularni amaliyotga joriy etishda muhim imkoniyat yaratmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA