AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun ajratilgan vaqtni qisqartirish niyatida.

– Men bu 50 kunni yanada qisqartirmoqchiman, chunki javob qanday bo‘lishini juda yaxshi bilaman, -dedi u Shotlandiyada Britaniya bosh vaziri Starmer bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlarga.

Ma’lumki, joriy yilning 14 iyul kuni Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Moskvaga Kiyev bilan tinchlik kelishuvini talab qilib, 50 kunlik vaqt belgilagan edi. Shartlar bajarilmasa, u neft, gaz va boshqa energiya resurslarini sotib oluvchi mamlakatlarga ikkilamchi bojlar bilan bir qatorda, Rossiya tovarlari importiga 100 foizlik tariflar joriy etish bilan tahdid qilgandi.

Shu bilan birga, Tramp AQSH va YeI Kiyevga Amerika qurollarini jo‘natishga kelishib olganini, buning uchun xarajatlar Yevropaga to‘g‘ri kelganini aytdi. Kelgusi yetkazib berishlar nafaqat raketalarni, balki “Patriot” havo mudofaa tizimlarini ham o‘z ichiga oladi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu bayonotga munosabat bildirib,bu masala jiddiyligini, uni tahlil qilish uchun Moskvaga vaqt kerakligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin agar zarur deb bilsa, Trampning so‘zlariga albatta izoh beradi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina nizosi: Tramp tinchlik shartlari bo‘yicha bosimni oshirmoqda