Rossiya terma jamoasi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidentining ijroiya kengashining navbatdagi yig‘ilishida Rossiya terma jamoasining 46-butunjahon shaxmat olimpiadasidagi ishtirokiga bag‘ishlandi.
Ijroiya kengash a’zolarining ovoz berishi natijasida Rossiya jamoasi Samarqandda o‘tadigan shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Bu haqda FIDE prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vishvanatana Anand Rossiya shaxmat federatsiyasiga murojaatnoma yo‘lladi.
Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachev ushbu vaziyatga izoh berib, “FIDE prezidenti ijroiya kengashida Rossiya shaxmat jamoasi ishtirokini xohlovchilar va istamaydiganlar bor, hozircha kengashda Rossiyaga qarshilar ko‘pchilik” deya ta’kidladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA