| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Rossiya – Ozarbayjon – Armaniston sammitiga tayyorgarlik ko‘rilyapti

Ayni payt Rossiya – Ozarbayjon – Armaniston sammitiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, Kreml tadbirning sanasi va joyini e’lon qiladi, degan “RIA Novosti” agentligiga Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Avvalroq Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni Rossiyadagi uch tomonlama uchrashuvga taklif qilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, 1992 yildan beri uch hamrais – Rossiya, AQSH va Fransiya boshchiligida YeXHT Minsk guruhi doirasida mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokara olib borilmoqda. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligi saqlanishini talab qilmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatini himoya qiladi.
Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan. Jumladan, Moskva vositachiligida erishilgan uch tomonlama kelishuv birmuncha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ozarbayjon va
Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatib, asirlar va halok bo‘lganlar jasadini almashishga kelishib oldi. Yerevan Bokuga Qalbajar, Lochin va Agdam viloyatlarini berdi. Shu bilan birga mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari ham joylashtirilgan.
Muallif: guzalsattorova




