Birinchi Markaziy Osiyo – Ozarbayjon sammiti Turkmanistonda o‘tadi
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida shunday bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, anjuman kun tartibi loyihasi allaqachon tayyorlangan va barcha ishtirokchi davlatlarga yuborilgan.
Davlat rahbari bu gal muhokama uchun hamkorlikning besh asosiy yo‘nalishi tanlanganini ta’kidladi: tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashish,
O‘zaro siyosiy va diplomatik hamkorlikni mustahkamlash, energetika hamda barqaror transport va logistika yo‘laklarida sheriklikni rivojlantirish ham bo‘lg‘usi sammit kun tartibidan joy olgan.
Shuningdek, atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suvdan oqilona foydalanish va Orol dengizini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatni muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, madaniy, ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish, talabalar va yoshlar almashinuvini kengaytirish kabi masalalar ham Oliy darajadagi uchrashuvda muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
S.Rahimov, O‘zA