Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonda
Afğoniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar yanada kengayadi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Irgaşev va Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi delegatsiya qöşni mamlakatda Özbekiston-Afğoniston örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini köpaytirib, transport-logistika hamkorligini kengaytiriş masalalarini muhokama etdi.
Bir daryoning ikki qirğoğida yaşaydigan, tarixi muştarak, madaniyati, qadriyatlari öxşaş özbek va afğon xalqlarini asrlar sinovidan ötgan yaqin qöşniçilik va döstlik aloqalari boğlab kelgan. Sönggi yillarda ana şu qadimiy döstlik va birodarlik, yaqin qöşniçilik yanada mustahkamlanib, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda boyib bormoqda.
Surxondaryo viloyatidagi Termiz daryo porti, “Termiz Kargo Sentr” va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi, Xayraton köprigi mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni rivojlantirişda muhim omil bölmoqda. “Trans-Afğon temir yöli” loyihasi kelajakda mintaqamizning transport va savdo imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatlarimiz örtasida döstlik aloqalarining rivojlanayotgani savdo-sotiq va boşqa sohalarda öz samaralarini berayotir. Xususan, 2024-yil Surxondaryo va Afğoniston örtasidagi savdo aylanmasi 48 million dollarni taşkil etgan bölsa, ötgan yil yakuni bilan bu körsatkiç qariyb beş barobar ösib, 239 million dollarga yetdi.
Joriy yil sentabr oyida Termizda ötkazilgan qöşma körgazmada 90 dan ortiq Özbekiston, 60 dan ziyod Afğoniston kompaniyasi qatnaşib, öz mahsulotlarini namoyiş etdi. Özaro hamkorlik şartnomalarini tuzdi. Şu yilning ötgan davrida Surxondaryo viloyatida ikki mamlakat vakillari iştirokida qirqqa yaqin biznes-forum, körgazma va uçraşuvlar taşkil etildi. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida joriy yil dekabr oyida yana bir yirik tadbir Özbekiston – Afğoniston işlab çiqaruvçi korxonalarining biznes-forumini ötkaziş möljallanmoqda.
[gallery-32450]
Bu gal qöşni Afğon diyorida bölgan mamlakatimiz delegatsiyasi safarini Mozori-Şarif şahrida qad rostlayotgan Özbekiston muhandislari loyihalaştirgan Mir Alişer Navoiy yodgorligida quriliş işlarining borişi bilan tanişişdan boşladi.
Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari Balx viloyati hokimligida Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri Ataullo Umariy, Balx viloyati hokimi Muhammad Yusuf Vafo bilan uçraşdi. Unda ikki mamlakatning tegişli idoralari mutasaddilari va tadbirkorlari ham iştirok etdi.
Samimiy muloqot çoğida Afğonistonda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Özbekiston bozoriga yetkazib beriş va mamlakatimiz hududi orqali uçinçi davlatlarga eksport qiliş imkoniyatlari atrofliça muhokama etildi. Xususan, afğon mirişkorlari yetiştirayotgan höl va quruq mevalarni xarid qiliş, saqlaş, taşiş va eksport hajmini oşiriş takliflari körib çiqildi. Bu jarayonda temir yöl va avtomobil transporti imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, çegaradagi ötkaziş punktlari va bojxona xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, yuklarni rasmiylaştirişni tezlaştiriş va çegara punktlarida 24 soatlik iş rejimini yölga qöyiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, Amudaryo qirğoqlarini mustahkamlaş, daryo özanining özgarişi bilan boğliq xavflarning oldini oliş va qirğoqböyi hududlar xavfsizligini taʼminlaş masalasi ham muhokama etildi. Mamlakatimiz quruvçilari bunyod etayotgan Imom Buxoriy madrasasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari közdan keçirildi.
Ikki mamlakat örtasida yaqin qöşniçilik va özaro işonçga asoslangan amaliy hamkorlikni kengaytirib, tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga, ikki tomon uçun ham manfaatli savdo aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan tadbir doirasida özbekistonlik tadbirkorlarning afğon hamkorlari bilan uçraşuv va muzokaralari davom etmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri