“Roland Garros”: Kamilla Rahimova bor e’tiborini juftlik bahslariga qaratadi
Xabaringiz bor, Fransiyaning Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mukofot jamg‘armasi 61 million 723 ming yevroni tashkil etuvchi “Roland Garros” turnirida asosiy to‘r bahslari davom etmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova bugun, 28-may sanasida Fransiya ochiq chempionatining juftlik bellashuvlarida chexiyalik Anna Siskova bilan tandemda ilk uchrashuvini yaponiyalik Makoto Ninomiya va ukrainalik Nadiya Kichenokka qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv bugun mamlakatimiz vaqti bilan soat 16:20 dan so‘ng boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Kamilla yakkalik bahslari ikkinchi davrasida dunyo tennis reytingida o‘ninchi pog‘onada borayotgan chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, ushbu o‘yinda tennischimiz har ikkala setda bir xil 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA