Kamilla Rahimova “Roland Garros”ni g‘alaba bilan boshladi
Fransiyaning Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mukofot jamg‘armasi 61 million 723 ming yevroni tashkil etuvchi “Roland Garros” turnirida asosiy to‘rning birinchi davra bahslari davom etmoqda.
Ushbu bosqichda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova ruminiyalik Jaklin Kristianga qarshi kortga chiqib, 6:3, 4:6, 6:4 hisobida zafar quchdi va ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi Kamilla ertaga 27-may kuni o‘tadigan navbatdagi bosqichda chexiyalik Karolina Muxova bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, shu kuni Kamilla Rahimova musobaqaning juftlik bellashuvlarida chexiyalik Anna Siskova bilan tandemda birinchi davrada yaponiyalik Makoto Ninomiya va ukrainalik Nadiya Kichenokka qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA